Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘tgan 2023-yilda noqonuniy ish o‘rinlari legallashtirilgani hisobiga daromad solig‘i to‘lovchilar 263,2 ming nafarga ko‘paydi. Bu haqda 12-yanvar kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda Soliq qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Dildora Hoshimova maʼlum qildi.

Dildora Hoshimova
Foto: Soliq qo‘mitasi

Dildora Hoshimovaning aytishicha, hozir respublikada jami daromad solig‘i to‘lovchilar 5,3 million nafar. Shundan 263,2 ming nafari 2023-yildan qonuniy tarzda ishlay boshlagan soliq to‘lovchilar hissasiga to‘g‘ri keladi.

“Ish haqining oshirilishi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha qo‘shimcha 1,9 trillion so‘m tushirish imkoniyatini berdi”, —dedi qo‘mita masʼuli.

Hisob–kitoblarga ko‘ra, 2023-yildagi soliq tushumlari jami 165,9 trillion so‘mni tashkil etadi. Bu 2022-yildagiga qaraganda 17,4 trillion so‘mga ko‘p degani.

“Respublikamizning barcha hududlarida belgilangan yillik prognoz ko‘rsatkichlari to‘liq bajarildi va ularning qo‘shimcha tushumlari 3,4 trillion so‘mdan oshdi. Hududlarda soliq tushumlari 2022-yilga nisbatan 13 foizga o‘sdi. Jizzax (30 foiz), Sirdaryo (21 foiz), Toshkent (19 foiz) va Navoiy (18 foiz) viloyatlarida yuqori o‘sishga erishildi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasining 15 foizdan 12 foizgacha pasaytirilishi natijasida tadbirkorlik subyektlari va isteʼmolchilar ixtiyorida 9 trillion so‘m qoldi. Stavka tushirilishiga qaramasdan mazkur soliq turi bo‘yicha budjetga 34 trillion so‘m mablag‘ to‘planib, tushumlar 2022-yilning mos davridagiga nisbatan 1,2 trillion so‘mga (4 foiz) o‘sdi”, — dedi Dildora Hoshimova.

O‘tgan yili respublikada 90 mingga yaqin yuridik shaxs ro‘yxatga olinib, jami faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 570,4 mingtaga yetgan. Yil davomida 97 mingdan ortiq fuqaro yakka tartibdagi tadbirkorlar safiga qo‘shilib, jami faoliyat yuritayotgan YTTlar soni 240,7 ming nafar bo‘lgan.

2023-yilda 1,6 million nafar fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida faoliyat yuritishni boshlagan. Yil yakunida o‘zini o‘zi band qilganlar soni jami 2,6 million nafarni tashkil etdi.

Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Mubin Mirzayev bundan bir yil ilgari “Daryo” muxbiriga bergan intervyusida norasmiy ishlayotgan 4 million kishi faoliyatini qonuniy tartibga o‘tkazish kerakligini aytgandi.

Mubin Mirzayev
Foto: “Daryo”
“Hozir 14 million nafardan ortiq O‘zbekiston aholisi mehnatga layoqatli hisoblanadi. Shundan ish haqi va daromad oladiganlari yetti million, migrantlar uch milliondan ortiqni tashkil etadi. Biz qolgan 4 million kishi faoliyatini legallashtirishimiz kerak. Ularni pensiya yoshiga yetganda pensiya olishlarini, tibbiyot va boshqa xizmatlardan to‘laqonli foydalanishlari uchun soliq organlaridan soliq to‘lovchi hisobida ro‘yxatdan o‘tkazishimiz lozim” degan qo‘mita mas’uli.

Mubin Mirzayev so‘zi davomida barcha ishchi-xodimlar faoliyatini bir kunda legallashtirib bo‘lmasligini, natijaga erishish uchun masalani tadbirkorlarga tushuntirib, iqtisodiy savodxonligini oshirish zarurligini ta’kidlagan. 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »