Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonning Vladivostok shahridagi Bosh konsulligi diplomatlari ko‘magida mazkur hududda vaqtincha ishlayotgan fuqaro A.T. va uning voyaga yetmagan qizi M.G‘.ning vatanga qaytishi taʼminlandi. Bu haqda “Dunyo” agentligi xabar berdi.

Foto: “Dunyo” agentligi

Bosh konsulxonaga yo‘llangan murojaatga ko‘ra, Samarqand viloyatida tug‘ilgan A.T. 2021-yil 12-oktyabr kuni tug‘ilgan qizi M.G‘. bilan birga 2022-yilda Rossiyaning Primorsk o‘lkasiga vaqtincha ishlash uchun kelgan. 2023-yil 22-dekabr kuni uning Vladivostok shahridagi vaqtincha turar joyida Primorsk o‘lkasi Voyaga yetmaganlar bilan ishlash boshqarmasi va mahalliy politsiya xodimlari tomonidan tekshiruv o‘tkazilgan. Natijada, A.T.ning Rossiya hududida noqonuniy ravishda bo‘lib turgani aniqlangan. Holat bo‘yicha tegishli tartibda bayonnoma rasmiylashtirilgan va fuqaroning voyaga yetmagan farzandi Vladivostok shahridagi “Krayevoy psixonevrologicheskiy dom rebyonka” markaziga joylashtirilgan.

Bosh konsulxona xodimlari murojaat asosida Primorsk o‘lkasi Voyaga yetmaganlar bilan ishlash boshqarmasi vakillari bilan muzokara o‘tkazgan. Natijada, M.G‘. onasiga qaytarilgan. Shuningdek, ushbu oilaning moliyaviy ahvoli inobatga olib, A.T. va uning voyaga yetmagan farzandi M.G‘.ga O‘zbekistonga qaytish uchun chipta sotib olib berilgan.

O‘zbekiston fuqarolari shu yil 7-yanvar kuni Uzbekistan Airways kompaniyasining Vladivostok—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha uchgan samolyotda vatanga kuzatib qo‘yilgan.

Bundan oldin Rossiyaga ishlash uchun borib, vafot etgan ayolning 9 yoshli qizi O‘zbekistonga qaytarilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, Misrda avtohalokatga uchrab, og‘ir tan jarohati olgan o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarilgan, Rossiyada eri qamalib, chaqalog‘i bilan qiyin ahvolda qolgan ayolga yordam ko‘rsatilgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »