Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev 2024-yilda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishida budjet mablag‘lari sarflanishi samaradorligi haqida gapirdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Yig‘ilishda qayd etilishicha, sog‘liqni saqlash tizimiga kompyuter olish uchun ajratilgan 20 milliard so‘m 2 yildan beri ishlatilmasdan turibdi.

Fermer, dehqon va tomorqa yer egalariga 51 turdagi subsidiyalar uchun so‘nggi ikki yilda 5,4 trillion so‘m ajratildi, lekin talablar murakkab bo‘lgani uchun 15 turdagi subsidiya ikki yil davomida hech kimga berilmagan.

Iqtisod qilish – ish hajmini qisqartirish emas, loyihani to‘g‘ri qilish, “shishirilgan” xarajat va ortiqcha hashamatni kesish hisobidan bo‘lishi kerak — dedi prezident.

Bu borada loyiha institutlari faoliyati, yondashuvlari va mas’uliyatini tubdan o‘zgartirish kerakligi qayd etilib, Vazirlar Mahkamasiga yetakchi davlat loyiha tashkilotlarini takomillashtirish bo‘yicha qaror kiritish topshirildi.

Prezident qurilishda xarajatlarni 30-40 foizga qisqartirish lozimligini ham aytdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »