Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

FIFA 15-yanvar, dushanba kuni mavsumning eng yaxshilariga The Best sovrlarinini topshirdi.

Yilning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida “Inter Mayami” klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi e’tirof etildi.

Ushbu sovringa, shuningdek, fransiyalik futbolchi Kilian Mbappe (“PSJ”) va norvegiyalik Erling Holand (“Manchester Siti”) da’vogarlik qilgandi.

Foto: Getty Images

Yilning eng yaxshi murabbiyi nomiga “Manchester Siti” jamoasi bosh murabbiyi Pep Gvardiola munosib topildi. Ushbu sovringa da’vogarlar uchligida Luchano Spalletti (“Napoli” / Italiya terma jamoasi) va Simone Inzagi (“Inter”) bor edi.

Braziliyalik posbon Ederson (“Manchester Siti”, Braziliya) yilning eng yaxshi darvozaboniga aylandi. Bu borada Martinesga Tibo Kurtua (“Real”, Belgiya) va Yassin Bunu (“Al-Hilol”, Marokash) raqobatchi bo‘lgandi.

Yilning eng chiroyli goli muallifiga topshiriladigan “Pushkash sovrini”ga Gilyerme Madruga loyiq ko‘rildi.

Foto: Getty Images

FIFA va FIFPro talqiniga ko‘ra yil ramziy terma jamoasi

Darvozabon: Tibo Kurtua (“Real”, Belgiya);

Himoyachilar: Kayl Uolker, Jon Stounz, Ruben Diash (barchasi “Manchester Siti”);

Yarim himoyachilar: Bernardu Silva, Kevin de Bryuyne (ikkalasi ham “Manchester Siti”), Jud Bellinghem (“Real”);

Hujumchilar: Lionel Messi (“Inter Mayami”), Kilian Mbappe (“PSJ”), Vinisius Junior (“Real”), Erling Holand (“Manchester Siti”).

Shuningdek, quyidagi sovrinlar o‘z egalariga topshirildi:

  • Eng yaxshi futbolchi (ayollar) — Aytana Bonmati (“Barselona”, Ispaniya terma jamoasi);
  • Eng yaxshi darvozabon (ayollar) — Meri Erps (“Manchester Yunayted”, Angliya);
  • Eng yaxshi murabbiy (ayollar) — Sarina Vigman (Angliya ayollar terma jamoasi);
  • Eng yaxshi muxlis — Argentinaning Santa-Fe shahridagi “Atletiko Kolon” muxlisi;
  • Feyr-pley sovrini — Irqchilikka qarshi kurashgan braziliyalik futbolchilar;
  • Maxsus sovrin — Marta (Ayollar futboliga qo‘shgan hissasi uchun).

Sovrindorlar 2022-yil dekabr oyidan (JCH—2022 tugaganidan so‘ng) 2023-yil avgust oyiga qadar bo‘lgan davrdagi natijalar bo‘yicha aniqlandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »