Instagram: Xotinidan qo‘rqadigan Muhammadiso Abdulxairov, tug‘uruqxonadan chiqqan Yulduz Turdiyeva, “Qurilish Usmon”da rol o‘ynagan Javohir Zokirov
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Aktyor Javohir Zokirov Turkiyaning “Qurilish. Usmon” serialida rol ijro etdi. Serialning uning ishtirokidagi qismi chorshanba kuni “ATV” telekanali orqali namoyish etiladi.
Aktyor Azamat Ahrorov otasining tug‘ilgan kuni bilan tabriklash jarayonini muxlislariga ko‘rsatdi.
Xonanda Umidaxon oilasi bilan Sharm al-Shayxda hordiq chiqarmoqda.
Shahlo Alijonova muxlislarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga javob berdi.
Xonanda Lola ham qishki ta’tilni o‘tkazish uchun oilasi bilan Dubay shahriga yo‘l oldi.
“Hayotdagi yillar emas, yillardagi hayot muhim” demoqda Shahzoda.
Taniqli aktyor Muhammadiso Abdulxairov “Nima gap?” podkastiga bergan intervyusida “Xotiningizdan qo‘rqasizmi?” degan savolga javob berdi. “Men xotinimsiz hech kimman, u meni yomon ko‘rib qolishidan, mendan oldin ketib qolishidan qo‘rqaman”, dedi aktyor.
Aktrisa Odina To‘xtasinova yangi obrazda ko‘rinish berdi.
Baby Mohi Turkiyaning Istanbul shahrida “Qo‘rg‘on sirlari” seriali olinayotgan maydonchada bo‘ldi. Ammo u ijodiy guruhning texnik xodimlari qo‘polligi tufayli sevimli aktyorlari bilan suratga tusha olmagan.
Ozodbek Nazarbekovning “Qizim” qo‘shig‘iga ishlangan o‘ziga xos klip taqdim etildi. Unda san’atkorning qizi Zinnuraning ota uyini tark etish jarayoni aks etgan.
Durdona Qurbonova qorli kunlardan unumli foydalangan holda fotosessiya tashkillashtirdi.
Feruza Normatova kuzatuvchilarining o‘zi haqidagi fikrlari bilan qiziqdi.
Xonanda Yulduz Turdiyeva qizalog‘i Mehribon bilan tug‘uruqxonadan chiqdi.