Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Parijda 2024-yilgi Olimpiada o‘yinlari oldidan qo‘shimcha to‘lovlar berilishini talab qilib bir necha yuz politsiyachi norozilik namoyishida ishtirok etdi. Bu haqda Fransiya OAVlari xabar bermoqda.

Xabar qilinishicha, kasaba uyushmalari Fransiyada huquq-tartibot xodimlarini ishga chiqmaslikka chaqirib, “qora payshanba” e’lon qilgan. Namoyishlar Bordo, Renn, Nant, Strasburg, Lion va boshqa shaharlarda bo‘lib o‘tdi. Ular ish tashlash va Olimpiada o‘yinlari o‘tkazilishiga xalaqit berish bilan tahdid qilishdi.

Foto: Google Images

“Biz ko‘p marta rasmiylarga murojaat qildik, lekin yashash sharoitlari va ish tartiblarini taqsimlash bo‘yicha hech qanday ma‘lumot olmadik. Bizga 12 dan 50 soatgacha bo‘lgan sikllar haqida aytishdi, bunday tartibda ishlash juda qiyin”, — dedi politsiyasi vakili.

Aksiya bir qator politsiya kasaba uyushmalari tomonidan tashkillashtirilib, huquq-tartibot idoralari xodimlarini bo‘lajak Olimpiada o‘yinlari davomida mashaqqatli mehnat uchun 2 ming yevro mukofot puli talab qilishga chaqirmoqda.

Mamlakat Ichki ishlar vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, Olimpiada o‘yinlari davomida har kuni 30 mingdan ortiq politsiyachi xavfsizlikni taʼminlashi ko‘zda tutilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »