Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning rivojlanishi uchun qulay imkoniyatlar yaratish maqsadida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
2023 yilda biznes-ombudsmanga tadbirkorlardan jami 18 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan.

Kelib tushgan murojaatlar hamda olib borilgan o‘rganishlar asosida tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish borasida 3 387 ta ta’sir chorasi, shundan 33,5 mlrd so‘mlik 122 ta da’vo arizasi, shikoyat, 113 ta taqdimnoma, 49 ta xulosa, 23 ta ogohnoma va 3 080 ta ma’muriy qo‘llangan.

Natijada, sudlar tomonidan 21,4 mlrd so‘mlik da’vo tadbirkorlar foydasiga hal etilgan va 79,6 mlrd so‘mlik hisoblangan qarzdorlik bekor qilingan (hisobdan chiqarilgan), 16 ta qaror haqiqiy emas deb topilgan.

 

Shuningdek, kiritilgan taqdimnomalar asosida 140 nafar mas’ul shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan. O‘tgan 2023-yilda tadbirkorlik faoliyatiga oid qonunchilik ijrosi bo‘yicha 8 ta nazorat organida o‘rganish o‘tkazilgan.

O‘rganishda 7 328 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 9 ta taqdimnoma, 1 140 nafar mansabdorga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan, 68 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan. Shuningdek, o‘rganish davomida ko‘rsatilgan davlat xizmatlari bo‘yicha tashkilotlarning tadbirkorlik subyektlari oldidagi 3,6 mlrd so‘mlik kreditor qarzdorligi qoplanishi ta’minlandi.

Joriy yilda 27 ta nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlar faoliyatida jami 124 123 ta tekshiruv o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 2 399 tasi (2 foizi) kelishilgan holda, qolgan 121 724 tasi (98 foizi) xabardor etilgan holda o‘tkazilgan.

Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshiruvlarni kelishish uchun kiritilgan jami 4 703 ta buyurtmadan 2 399 tasi (51 foizi) kelishilgan va qolgan 2 304 tasi (49 foizi) tekshiruv o‘tkazish uchun qonuniy asoslar mavjud bo‘lmagani sababli rad etilgan.

Tadbirkorlar faoliyatida 2023-yilda amalga oshirilgan tekshiruvlar soni 2022-yil shu davriga nisbatan 42 914 taga (26 foiz) kamaygani kuzatildi.

Tekshiruvlardagi qonunbuzilish holatlari bo‘yicha 1 303 nafar mansabdor shaxsga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan, 70 nafar xodimga intizomiy jazo qo‘llangan.

Tadbirkorlar faoliyatida olib borilgan tahlillar, murojaatlarda bildirilgan takliflar asosida biznes-ombudsman devoni tomonidan 5 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi, shu jumladan, 2 ta qonun, 2 ta prezident farmoni va 1 ta Vazirlar Mahkamasi qarori ishlab chiqildi.
Shuningdek, tadbirkorlar faoliyatiga bevosita yoki bilvosita ta’sir qiluvchi 554 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib, ular bo‘yicha 502 ta taklif va e’tirozlar yuborilgan.

Xususan, 135 ta qonun, 118 ta prezident farmoni va qarori, 195 ta Vazirlar Mahkamasining qarori va 106 ta idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihalari.

Qolaversa, tadbirkorlik faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan 17 ta takliflar (tahliliy ma’lumotlar) tayyorlandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »