Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahrida erkak uchta xotiniga aliment to‘lamagani uchun 15 sutkaga qamalgani haqida xabar berilgandi. MIBning “Daryo”ga xabar berishicha, erkakning qarzlarini 4-xotini to‘ladi.

Foto: MIB

Qayd etilishicha, Majburiy ijro byurosining Yashnobod tuman bo‘limi ish yurituvida 1987-yilda tug‘ilgan qarzdor aliment to‘lovchi otadan fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudining 23.08.2021-yildagi sud buyrug‘iga asosan undiruvchi Yu.G. foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandi taʼminoti uchun barcha daromadlarining to‘rtdan bir qismi miqdorida aliment, fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining 01.09.2022-yildagi sud buyrug‘iga asosan undiruvchi Sh.N. foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandi taʼminoti uchun to‘rtdan bir qismi miqdorida aliment hamda fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining 05.10.2017-yildagi sud buyrug‘iga asosan undiruvchi S.M. foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandi taʼminoti uchun to‘rtdan bir qism miqdorida aliment undirish belgilangan.

Qarzdorning 2023-yil dekabr oyi holatiga 24 million 626 ming so‘m aliment qarzdorligi vujudga kelib, bir necha marotaba ogohlantirishlarga qaramasdan, aliment pullarini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan. 

Shu bois qarzdorga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-4-moddasiga muvofiq javobgarlik masalasini ko‘rib chiqish yuzasidan ijro hujjati jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudiga yuborilgan. 4-yanvar kunidagi sud qaroriga asosan qarzdorga nisbatan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi belgilangan bo‘lib, qarzdorning yaqin qarindoshi, aniqrog‘i, turmush o‘rtog‘i qarzdorlikni to‘liq bartaraf etgan.

Shundan so‘ng sud tomonidan qarzdorga nisbatan to‘plangan hujjatlar qayta ko‘rilib, yetkazilgan zarar miqdori qoplangani sababli jazoni to‘liq o‘tamasdan ozod qilingan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »