Bugun,

  • USD12800.13
  • RUB129.02
  • EUR13467.02

Microsoft kompaniyasi Midnight Blizzard guruhi (Nobelium nomi bilan ham tanilgan) xakerlari Microsoft rahbarlari, kiberxavfsizlik xodimlari, yuridik va boshqa bo‘limlarning elektron pochta akkauntlarini buzib kirganini xabar qildi.

Foto: Reuters

Microsoft blogida aytilishicha, hujum 12-yanvar kuni aniqlangan. Korporatsiya xakerlikni “davlat hujumi” deb atadi va Midnight Blizzard xakerlariga Rossiya hukumati homiylik qilganini da’vo qildi.

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, xakerlar 2023-yilning noyabrida “Microsoft korporativ elektron pochta akkauntlarining kichik qismiga” kirishga muvaffaq bo‘lgan. Ular elektron pochta xabarlari va ularga biriktirilgan hujjatlarni o‘g‘irlagan. Microsoft surishtiruvi shuni ko‘rsatdiki, xakerlar elektron pochta xabarlarida Midnight Blizzard’ga aloqador ma’lumotlarni qidirgan.

Kompaniyaning qayd etishicha, hujum sababi korporatsiya mahsulotlari yoki servislarining zaifligi emas. Microsoft ma’lumotlariga ko‘ra, xakerlar foydalanuvchilarga mo‘ljallangan servislar, manba kodlari yoki sun’iy intellekt tizimlariga kira olgani haqida hech qanday dalil yo‘q.

Microsoft avval ham Midnight Blizzard (yoki Nobelium) xakerlarining hujumlari haqida xabar bergandi. Kompaniya guruh a’zolarini Rossiya tashqi razvedka xizmati bilan bog‘lagan. Microsoft 2021-yilning to‘rt oyida Nobelium xakerlari texnologiya kompaniyalariga 22,8 mingdan ortiq kiberhujum uyushtirganini ma’lum qildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »