Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston xalq artisti, aktyor va rejissyor Turg‘un Azizov 90 yoshida vafot etdi. Bu haqda aktrisa Dilnoza Kubayeva ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi.

Foto: YouTube

Maʼlumot uchun, Turg‘un Azizov 1934-yilning 30-noyabrida Toshkentdagi “Saryog‘chi” (hozirgi “Beshqayrag‘och”) mahallasida tug‘ilgan. 1956-yili avvalgi O‘zbekiston Davlat teatr va rassomchilik institutini tamomlab, shu yili hozirgi O‘zbek Milliy akademik drama teatriga ishga qabul qilingan. 33 yoshida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoni bilan taqdirlangan. 1974-yilda O‘zbekiston xalq artisti unvonini olgan. Shuningdek, u “Mehnat shuhrati” ordeni (2001-yil) sohibi ham hisoblanadi.

Asosiy rollari: Ferdinand (“Makr va muhabbat”), Ilyos (“Sarvqomat dilbarim”), Eydzi (“O‘g‘irlangan umr”), Mark Tuysk (“Oqpadar”), Niyoz (“Nomaʼlum kishi”), Yo‘lchi (“Qutlug‘ qon”), G‘ofir (“Boy ila xizmatchi”) va boshqalar.

Aktyorga katta shuhrat keltirgan roli “O‘limdan kuchli” spektaklidagi Monserradir. Kinoda Amir Olimxon (“Gang uzra tong”), Bakir (“Maftuningman”), Amir Nasrullo (“Nodirabegim”), Ota Maqsumov (“Uzoq-yaqin yillar”), Mirzakarimboy (“Parol – Regina mehmonxonasi”), Dadaboy (“Qo‘qon voqeasi”) kabi obrazlar yaratdi. Lirik-dramatik va romantik plandagi rollarini zo‘r ehtiros va jo‘shqinlik bilan ijro etgan, qahramonlar xarakterini ochishda til boyligidan ustalik bilan foydalangan, oz harakatda ko‘p maʼno anglatishga, qahramonining his-tuyg‘ulari, ichki kechinmalarini tabiiy ifodalashga intilgani eʼtirof etilgan.

Rejissor sifatida “Mirzo Ulug‘bek”, “Alisher Navoiy”, “Mehrobdan chayon”, “Chimildiq”, “Mashrab” kabi spektakllarni sahnalashtirgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »