Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bugun, 23-yanvar kuni Litva Davlat mudofaa kengashi Germaniyaning Leopard 2 tanklarini sotib olishni ma’qulladi, dedi Litva prezidentining maslahatchisi Kestutis Budris kengash yig‘ilishidan so‘ng jurnalistlarga bergan intervyusida.

Shartnomaning narxi, shuningdek, qancha tank xarid qilinishi haqida aniq ma’lumot berilmagan.

“Litva tomonidan o‘rnatilgan barcha mezonlarga javob beradigan eng samarali tank bu Germaniyaning Leopard 2 tankidir”, — dedi Kestutis Budris.

Unga ko‘ra, Germaniya bilan harbiy texnika sotib olish bo‘yicha batafsil muzokaralarni boshlash to‘g‘risida qaror qabul qilingan. Nashr maʼlumotlariga ko‘ra, Litvaning tanklarni sotib olish niyati 2023-yilning yozida maʼlum bo‘lgan, biroq keyinchalik sotib olish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinmagan.

Foto: Google Images

2023-yil iyul oyida Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius Litvada nemis harbiy brigadasi joylashtirilishini e’lon qildi. Brigada 4 ming kishidan iborat bo‘lishi ko‘rsatilgan. Brigadaning muvaqqat qo‘mondonligi 2024-yilning ikkinchi choragida, to‘liq qo‘mondonligi esa 2025-yilda joriy etilishi rejalashtirilgan.

Pistoriusning ta‘kidlashicha, nemis harbiylari Rossiya hujumi sodir bo‘lishi xavfi tufayli Litvaga joylashtirilgan.

2023-yil dekabr oyida Litva Seymi 2024-yilgi davlat byudjetini qabul qilishda mudofaa uchun rekord miqdor ajratdi. Unga ko‘ra, yalpi ichki mahsulotning 2,75 foizi Mudofaaga sarflanishi ko‘zda tutilgan. O‘tgan yili Litvada yalpi ichki mahsulotning 2,75 foizi mudofaaga sarflangandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »