Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Superog‘ir vazn toifasidagi o‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov 17-fevral kungi jangi haqida fikr bildirdi.

Foto: Getty Images

“Saudiya Arabistonida so‘nggi kunlarda ko‘plab sport turlari bo‘yicha nufuzli sport tadbirlari tashkil etilmoqda. Bu kabi musobaqalarda ishtirok etishning o‘zi katta natija. 

17-fevral kuni Tayson Fyuri va Oleksandr Usik o‘rtasida o‘tadigan jang oqshomida mening ham ringga ko‘tarilishim haqida xabar berildi va biz bunga rozi bo‘ldik. Hattoki, raqibni ham tashkilotchilar topdi, biz tanlamadik. 

Men har qanday raqibga qarshi jang qilishga tayyorman va unutmaslik kerak, bu yil Olimpiya o‘yinlari o‘tkaziladi. Ushbu musobaqagacha bo‘lgan har bir jangim to‘rt yillikning eng yirik sport tadbiriga muhim tayyorgarlik vazifasini o‘taydi. Mazkur boks oqshomida chiroyli jang o‘tkazib, g‘alaba qozonish uchun ringga chiqaman”, — dedi Bahodir Jalolov.

Eslatib o‘tamiz, Jalolov chernogoriyalik Dilan Prashovichga qarshi ringga chiqishi xabar qilingan.

Ta’kidlash joiz, 29 yoshli Prashovich professional faoliyati davomida 20 ta jang o‘tkazib, 17 g‘alaba (14 nokaut) va 3 mag‘lubiyat qayd etgan. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »