Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda islomiy moliyalash tizimi yo‘lga qo‘yilishi mumkin. 25-yanvarda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodovning aytishicha, bu bo‘yicha qaror loyihasi tayyorlanib, Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan.

Mamarizo Nurmurodov
Foto: “Daryo”

Mamarizo Nurmurodov hozirgacha Markaziy bankka islomiy bank ochish borasida tadbirkorlardan murojaat bo‘lgani yo‘q.

“Biz davlat rahbarining topshiriqlari bilan Markaziy bank va hukumat tomonidan islomiy moliya bo‘yicha qilinishi kerak bo‘lgan ishlar yuzasidan tegishli qaror loyihasini hukumatga kiritganmiz. Yaʼni qumdon tashkil qilib mazkur yo‘nalishdagi ishni boshlamoqchimiz. Bu bilan maʼlum fuqarolarimiz uchun islom moliyasiga sharoit yaratish niyatidamiz. Islom moliyasining iqtisodiy o‘sishimizga bevosita bo‘lmasa ham bilvosita taʼsiri bo‘ladi. Chunki islom moliyasi orqali xarid qilingan yoki ko‘rsatilgan qiymat oxir – oqibatda qo‘shilgan qiymat bilan yalpi ichki mahsulotmizga o‘z hissasini qo‘shadi. Albatta, bundan faqat ijobiy natijalar kutish mumkin”, dedi Markaziy bank raisi.

Avvalroq Apex bank boshqaruvi raisi Bahrom No‘monov O‘zbekiston fuqarolarining 20 foizi diniy sabab bilan anʼanaviy kredit tizimidan foydalanmasligini aytgandi.

Markaziy bank departamenti direktori Sanjar Nosirov islomiy bank xizmatlari narxi an’anaviy banknikidan yuqori ekanini ta’kidlagandi.

“An’anaviy bank boshqa, islomiy bank tizimi boshqa. Qonunchiligimizning qurilishi an’anaviy bank tizimiga moslashgan. Agar islomiy bankni joriy qilmoqchi bo‘lsak, qonunchilikni to‘liq qayta ko‘rib chiqishga to‘g‘ri keladi. Ya’ni asosiy qonunlarimiz — Fuqarolik kodeksi, sud, soliq, bojxona nuqtayi nazardan ko‘p hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish zarur bo‘ladi. Bu bo‘yicha birinchi qadam qo‘yilgan. Islomiy bank tizimini rivojlantirish masalasi o‘ylanmoqda. Hukumat komissiyasi tuzilgan bo‘lib, islom moliyasini nafaqat banklarda, balki boshqa sohalarda ham rivojlantirish reja qilingan”, degan u.

Iqtisodchi Otabek Bakirovning aytishicha, islom shariati amal qiladigan mamlakatlarda ham islomiy bank ulushi an’anaviy banklarnikidan past hisoblanadi.

“Bizda islomiy banklar haqida miflar yaratilgan. Fundamental muammolarimiz islomiy banklar orqali yechilib qoladi, degan qarash bor. Islomiy mamlakatlar, masalan, shariat amal qiladigan Saudiya Arabistonida ham islomiy bank ulushi an’anaviy bankdan orqada. Islomiy bank bo‘yicha eng yuqori ulush Eronda. Islom dini keng tarqalgan mamlakatlarda ham islom bankining ulushi hamma masalalarda an’anaviy bankka yutqizadi. Ya’ni resurs jamg‘arishda ham, moliyalashtirishda ham”, degan iqtisodchi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »