Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Real” Kilian Mbappega Vinisius Junior va Jud Bellinghemdan ko‘ra ko‘proq pul to‘lamoqchi emas. 

Foto: Getty Images

Mbappeda hozir ikkita variant bor: yozda erkin agent sifatida “Real” safiga o‘tish va “PSJ” bilan shartnomani uzaytirish. Futbolchi hozircha kelajagi borasida qaror qabul qilgani yo‘q, — deya xabar bermoqda ESPN.

Madridliklar 2024/25-yilgi mavsum uchun rejalarni tuzishni boshlashi kerakligi sababli Kiliandan yaqin haftalarda yakuniy qarorni aytishni so‘ragan. 

“Madrid” o‘tgan yili ham Mbappe bilan shartnoma imzolashga urinib ko‘rgandi. Bu safargi taklifda moliyaviy holat o‘tgan safargisidan kamroq bo‘ladi. “Qaymoqranglilar” fransuzga Vinisius Junior va Jud Bellinghemdan ko‘proq pul to‘lamoqchi emas. Ikkala futbolchi yiliga 10,5 million yevrodan maosh oladi. 

“PSJ” bilan amaldagi shartnomasiga ko‘ra, Kilian yiliga 37 million yevro ishlab topadi. Parijliklar yangi bitimda ham xuddi shu summani taklif qilmoqda.

Shuningdek, hujumchi bilan muzokaralarni shaxsan “Real” prezidenti Florentino Peres olib boradi. Peres 2022-yilda Mbappedan rad javobini olganidan hafsalasi pir bo‘lsa ham, yana bu ishga qo‘l urmoqchi. Florentino futbolchi bilan aloqani to‘xtatgani yo‘q. 

Kilian joriy mavsum “PSJ” safida 26 ta o‘yinda ishtirok etib, 28 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »