Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

26-dekabr kuni Xalqaro forumlar saroyida “Disko afsonalari” deb nomlangan xayriya konserti bo‘lib o‘tdi. Tadbirni PepsiCo kompaniyasining O‘zbekistondagi rasmiy bottleri — International Beverages Tashkent kompaniyasi tashkil etdi. Chinakam musiqiy bayramga aylangan mazkur konsert ezgulik va umid hissining cheksiz qudratini yana bir bor namoyon etgani bilan ahamiyatlidir.

Konsert yuzlab kishilarni ezgu maqsad – onkologik va gematologik kasalliklarga chalingan bolalarni davolash uchun mablag‘ to‘plash yo‘lida birlashtirdi. Kompaniya mazkur tadbir orqali jamoatchilik eʼtiborini jalb etib, o‘zining eng muhim vazifalaridan biri – ehtiyojmand insonlarga ko‘mak berish va xayrli ishlarni amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi.

Xalqaro forumlar saroyi sahnasida CC Catch, Nana Darkman, Kevin Maccoy, Joy singari 80—90-yillarning mashhur yulduzlari chiqish qilib, tomoshabinlarga unutilmas hislar va taassurotlar ulashdi.

 

 

Konsert tashkilotchilari  ajoyib musiqiy chiqishlari bilan tomoshabinlarni quvontirish barobarida ehtiyojmand kishilarga ko‘mak berish uchun  1 225 000 000 so‘m mablag‘ to‘pladi. Ushbu mablag‘ saraton xastaligiga chalingan bolalarni davolash uchun zarur dori vositalari xarid qilinishi uchun ‘‘Ezgu Amal” xayriya jamg‘armasiga yuborildi.

Eʼtiborlisi shundaki, bu xayrli amal bayram kunlarida fond qaramog‘idagilar uchun chinakam yangi yil mo‘jizasi bo‘ldi.

 

Xayriya konserti nafaqat shahrimiz, balki butun jamoatchilik uchun muhim voqelikdir. U sanʼat va ezgulik odamlarni muhim qadriyatlar, maqsadlar atrofida birlashtira olishi mumkinligini isbot etdi. Zero, aynan shunday damlarda hamjihatlik va o‘zaro birdamlik qudrati naqadar buyuk ekani ayon bo‘ladi.

“Ushbu ajoyib tadbirda ishtirok etgan, xayriya tashabbusiga hissa qo‘shgan va qo‘llab-quvvatlagan barchaga chuqur minnatdorlik bildiramiz! Bugun siz tufayli dunyo ezgu amallar bilan yanada boyidi va yanada yorishdi.
Keling, yordamga muhtoj kishilarni hamisha eslaylik va hammamiz bir bo‘lib, yaxshilik qilishda davom etaylik. Har bir xayriya konserti sizu biz uchun yanada yorug‘ kelajak sari qadam bo‘lsin”, — dedi International Beverages Tashkent kompaniyasi vakili Tatyana Li o‘z chiqishida.

Sheriklik huquqi asosida.

Munojot Adilova
Musahhih:

Munojot Adilova

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »