Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Film suratga olish juda murakkab jarayon va har bir holatni diqqat bilan kuzatib borish har doim ham imkonsiz.

“Kavkaz asirasi yoki Shurikning yangi sarguzashtlari”

Film davomida Shurikning sochi avvaliga malla, keyin birdan sarg‘ish bo‘lib qoladi va bir soniya ham o‘tmay, yana malla rangga kiradi.

Ta’qib qilish sahnasini eslaysizmi? Vitsinning qahramoni ularni quvayotganlarga katta sariq bodring otadi, lekin negadir Shurikning og‘zida yashili paydo bo‘ladi. Agar diqqat bilan qarasangiz, bodringning pastki qismida ipi ham bor.

“Balzaminovning uylanishi”

Film bosh qahramoni Balzaminovning ko‘ylagi bir sahnada kutilmaganda rangini o‘zgartiradi.

Qahramon Nadejda Rumyantsevaning bantigi ham xuddi shu epizod davomida shaklini bir necha bor o‘zgartiradi.

“Eng jozibali va latofatli qiz”

Nadya anketa to‘ldirayotganida, uning oldida faqat sariq va yashil varaq borligini ko‘rish mumkin. Ammo kadr o‘zgarishi bilanoq, qahramon oq qog‘oz ushlab turgan bo‘ladi.

“Qizlar”

Ilya ovqatlanayotgan sahnda non va kompot uning likopchaga yaqin turibdi, lekin bir lahzadan keyin ular sirli tarzda bir-biridan uzoqlashadi.

Tosya juda och qolganidan katta non bo‘lagini yemoqchi bo‘lgandir, ehtimol. Ammo bir necha soniya ichida qo‘lidagi non uchdan ikkiga kamayadi.

“Moskva ko‘z yoshlarga ishonmaydi”

Avvaliga bosh qahramon yonidagi sumkada sharfning bir qismi ko‘rinib turadi. Keyingi kadrda Gosha, keyin yana Katerina ko‘rinadi. Faqat uning yonidagi sumka allaqachon yopiq. Keyin qahramonlar o‘rtasidagi suhbat boshlanadi va mo‘‘jizaviy tarzda sharf yana sumkada paydo bo‘ladi, garchi Katya qimirlamagan bo‘lsa ham.

Lyuda pardozini yakunlayotganda, quloqlaridagi ko‘k sirg‘a bo‘ladi. Keyin esa u birdaniga oq qisqichli zirakka almashganini payqash mumkin.

“Odam-amfibiya”

Filmda Gutiyera o‘zini suvga tashlab, hushini yo‘qotgan epizod bor. Avvaliga qizning orqa tomon yiqilganini ko‘rish mumkin, lekin kadr o‘zgarganda u allaqachon qumli tubida va negadir yonlamasiga yotadi. Ixtiandr qutqarishga kelganda qahramon yana chalqancha va suv o‘tlari orasida yotgan bo‘ladi.

“Yana o‘sha Myunxauzen”

Baron o‘zining “Oyga uchish” hiylasini namoyish qilishi kerak bo‘lgan so‘nggi epizodda Yakobina Myunxauzen ko‘zoynaksiz bo‘ladi. Ammo keyingi kadrda ko‘zoynagi to‘satdan peshonasida paydo bo‘ladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »