Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi nimchorak finalidan o‘rin olgan Avstraliya — Indoneziya uchrashuvi 28-yanvar, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvning 12-daqiqasida avstraliyalik futbolchi Jekson Irvayn qanotdan to‘pni raqib jarima maydoniga oshirayotgan vaqtda to‘p indoneziyalik himoyachiga tegib, yo‘nalishini o‘zgartirdi va darvozadan joy oldi. Birinchi bo‘lim oxirida esa Martin Boyl boshi bilan gol urib, hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi.

Ikkinchi bo‘limning ham so‘ngida Avstraliya yana ikki bor gol urdi. Dastlab, 89-daqiqada Kreyg Gudvin o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, hakam qo‘shib bergan ilk daqiqada Harri Suttar uchrashuvga yakuniy nuqtani qo‘ydi.

Shu tariqa Avstraliya 4:0 hisobida g‘alaba qozonib, Osiyo Kubogining chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.


Osiyo Kubogi

1/8 final bosqichi

28-yanvar, yakshanba

Avstraliya — Indoneziya 4:0

Gollar: 1:0 – 12 Baggott (avtogol), 2:0 – 45 Boyl, 3:0 – 89 Gudvin, 4:0 – 90 Suttar.

Avstraliya: Rayan, Jons (Atkinson, 69), Suttar, Roulz, Behich, Bos (Gudvin, 87), Irvayn, Makgri (Metkalf, 61), Bakkus (O‘nil, 87), Boyl, Fornaroli (Dyuk, 61).

Indoneziya: Sutaryadi, Baxar (Sulaeman, 58), Amat, Uelsh, Baggott, Pattinama, Hyubner, Jenner, Sayuri (Ramadani, 75), Ferdinan, Streyk.

Ogohlantirishlar: Fornaroli (15), Baxar (35), Jons (65), Uelsh (68), Amat (90).

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »