Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bugun dunyoda sunʼiy intellekt mavzusi juda ko‘p muhokama qilinadi. U insonlarga aksariyat sohalarda yaxshi bir yordamchidek ko‘rila boshlagan. Masalan, taʼlim, tibbiyot, sanoat, texnologiyalar, media va boshqa o‘nlab sohalar sunʼiy intellekt yordamida rivojlanishning yangi bosqichlariga chiqmoqda. Mutaxassislar ham sunʼiy intellekt haqida hamma bilishi kerakligi, undan foydalanish juda katta foyda berishini taʼkidlab keladi.

Xo‘sh, o‘zbekistonliklar sunʼiy intellekt haqida nimalar bilishadi? “Daryo” muxbiri Toshkent shahri ko‘chalarida yurib, bu haqda odamlar fikrini so‘radi.

Foto: “Daryo”
“Sunʼiy intellekt inson bajarishi kerak bo‘lgan ayrim ishlarni amalga oshiradi. Masalan, u dastur, robot ko‘rinishida bo‘lishi mumkin, yaʼni turlari ko‘p. ChatGPT oddiy misol. Sunʼiy intellekt deganda xayolga birinchi robot keladi. U odamlar hozirgacha qilib kelgan ishni masofadan turib bajaradi. Sunʼiy intellekt odam ishtirokisiz ishlay olmaydi”, — dedi suhbatdoshlardan biri.
Foto: “Daryo”
“Sunʼiy intellekt O‘zbekistonda sekin rivojlanyapti deb o‘ylayman. XXI asrni sunʼiy intellekt asri deb atash mumkin. Aqlli uylar, kompyuterlar, robotlar yordamida qurilishlar, avtomobillar texnologiyasi... sunʼiy intellekt hammasiga katta hissa qo‘shmoqda. Insonlarga yordamlashmoqda”, — dedi yana bir suhbatdosh.

Bugun sunʼiy intellekt qaysi sohalarda insonlar og‘irini yengil qilmoqda? Undan foydalanish oddiy odamlar uchun qanchalik ahamiyatli? Sunʼiy intellekt va media bo‘yicha mutaxassis Hikmatilla Ubaydullayev “Daryo” nashriga bergan intervyusida bir necha sohalar misolida sunʼiy intellektning muhim jihatlari to‘g‘risida maʼlumot berdi.

Hikmatilla Ubaydullayev
Foto: “Daryo”

Tibbiyotdagi foydalari

Tibbiyotni olsak, tasavur qiling, telefoningizda 7 500 yillik bazaga ega bir yordamchi bor. Unga sog‘lig‘ingizga oid shikoyatlarni yozib bersangiz, u sizga tashxis qo‘yadi. Yaʼni qanday davolanish yo‘llarini ko‘rsatib beradi va kerakli shifokorlarga yo‘naltiradi. Albatta, sunʼiy intellekt haqiqiy shifokorlarning o‘rnini egallamaydi va bu haqda o‘zi ham aytadi. U kasalingizni aniqlab, davolanish uchun shifokorga murojaat qilishni tavsiya qiladi.

O‘zbekistonda dorilar bo‘yicha og‘riqli masalalar bo‘ldi. Sunʼiy intellekt bazasida ishlaydigan shunday dasturlar borki, siz dorini rasmga olib, u dasturga yuklasangiz, dori O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tganmi, undan foydalanish mumkinmi yoki yo‘qligini aniqlab beradi. Bu, albatta, yomon keyslardan saqlab qolishi mumkin.

Media sohasida

Sunʼiy intellekt media sohasida ham katta yordam bera oladi. Masalan, u maqolalar yozishda, juda yirik bazadagi maʼlumotlarni tahlil qilishda qo‘l keladi. Jurnalistlarning eng asosiy masalasi maʼlumotlarni tekshirishdir. Bunda ham sunʼiy intellekt juda yaxshi yordam bera oladi. Sunʼiy intellekt matnlar, suratlar, audio va videolar generatsiyasida yordamchi sifatida ko‘rilishi mumkin.

Taʼlimda

Taʼlimda ham sunʼiy intellektning katta o‘rni bo‘lishi mumkin. Masalan, ChatGPTʼga oyiga 20 dollar to‘lab, obuna bo‘lish katta foyda berdi. U farzandlaringizga turli fanlarda maʼlumotlarni juda ham yaxshi biladigan o‘qituvchi bo‘lishi mumkin. Sunʼiy intellekt avval bolaning fanni bilish darajasini aniqlaydi va har bir bolaga mos dasturni tuzib beradi, fanni o‘rgatadi.

Yomon maqsadlarda foydalanish 

Hamma narsaning yaxshi va yomon tomoni bo‘lganidek, sunʼiy intellektda ham bor. Masalan, yaqinda taniqli shaxslarning, tadbirkorlarning yuzlari va ovozlarini ishlatib, ularning qiyofasida odamlardan aldov yo‘li bilan pul undirish holatlari bo‘ldi. Yaʼni “biz sizga ko‘p daromad qilish yo‘llarini o‘rgatamiz, buning uchun shu havolaga o‘ting va men sizga 25 ming so‘m evaziga qanday boyiganimni o‘rgataman”, degan videolarni ko‘ryapmiz. Bunday videolar Facebook va Instagramʼda ko‘p tarqaldi. Afsuski, ko‘pchilik bilmagani va maʼlumotlarni tekshirish imkoni bo‘lmagani uchun aldanib, katta pulga tushib qolganlar ham bo‘ldi. Hozir biz shunaqa zamonda yashayapmizki, har bir ko‘rgan narsamizni albatta teshirishimiz kerak.

“Sunʼiy intellekt yordamida daromad olish mumkin”

Sunʼiy intellektning yaxshi jihatlari ko‘p. Ayrim insonlar sunʼiy intellektdan xavf ko‘rishyapti. Sunʼiy intellekt sizga yaxshi yordamchi bo‘lish bilan birga, daromad olib keladigan instrument ham bo‘la oladi. Oddiy misol, dizayn sohasida ishlasangiz yoki u sohada taʼlimingiz bo‘lmasa ham, sunʼiy intellektdan foydalanib so‘zlar orqali logotiplar chizishingiz mumkin. Keyin ularni sotsangiz bo‘ladi. Yoki kontent yaratish davrida yashayapmiz. U kontent yaratishda ham juda katta yordam beradi. Mavzuni tanlasangiz, uni qanday yoritish kerakligi, odamlarga qanday maʼlumotlar bersangiz “prosmotr”laringiz ortishi haqida maʼlumot beradi. Kontent reja qilishga ko‘maklashadi. Va daromad manbaiga aylanadi. Sunʼiy intellekt ishimni olib qo‘yadimi, deb ko‘pchilik so‘raydi. Yo‘q, siz undan to‘g‘ri foydalansangiz, ishingizni olib qo‘ymaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »