Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Osiyo Kubogining nimchorak final bahsida O‘zbekiston terma jamoasi 30-yanvar, seshanba kuni Tailandga qarshi bahs olib bordi. 

Foto: O‘FA

Uchrashuv O‘zbekistonning ustunligida boshlandi. To‘p nazoratini qo‘lga olgan va bir nechta xavfli vaziyatlarni yaratgan o‘zbekistonliklar 37-daqiqaga kelib, hisobni ochdi. Diyor Xolmatovning ajoyib uzatmasini Azizbek Turg‘unboyev o‘ziga moslab oldi va to‘pni darvoza tomon yo‘lladi. 

Birinchi bo‘lim kichik hisob bilan yakunlandi. 

Ikkinchi bo‘limda esa tailandliklar faolroq harakat qila boshladi. 58-daqiqaga kelib, Sarachart muvozanatni tikladi. O‘zbekiston ham golni ko‘p kuttirmadi. 65-daqiqada Masharipov pas berdi va Abbosbek Fayzullayev ajoyib zarba bilan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi.

Srechko Katanes jamoasi chorak finalda Qatar terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.


Osiyo Kubogi

1/8 final bosqichi

30-yanvar, seshanba

O‘zbekiston — Tailand 2:1

Gollar: 1:0 — 37 Azizbek Turg‘unboyev, 1:1 — 58 Sarachart, 2:1 — 65 Abbosbek Fayzullayev.

O‘zbekiston: O‘tkir Yusupov, 4. Farrux Sayfiyev, 5. Rustam Ashurmatov, 6. Diyor Xolmatov, 9. Odil Hamrobekov, 10. Jaloliddin Masharipov (Jamshid Iskanderov, 81), 11. Oston O‘runov (Hojimat Erkinov, 67), 15. Umar Eshmurodov, 19. Azizbek Turg‘unboyev (Zafarmurod Abdirahmatov, 81), 22. Abbosbek Fayzullayev (Jamshid Boltaboyev, 90+1), 25. Abduqodir Husanov.

Tailand: 23. Pativat Hammai, 3. Teratxon Bunmatxan, 4. Elias Dolax, 6. Sarachi Yooen, 9. Supachai Chaided, 12. Mikelson Luk Saa, 14. Rungrat Pxumichantuk (22. Channarong Promsrikayev, 73), 17. Pansa Hemvibon, 18. Veeartxep Pompxun, 19. Patxompon Charoentrattanapirom (7. Sarachat Supachok, 46), 24. Vorachi Kanitsribumpen (10. Muenta Supxanat, 46).

Ogohlantirish: Husanov (87).

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »