Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mingbuloq tumani sudi raisi 2000 dollar pora olgan paytda ushlandi. Bu haqda Oliy sud axborot xizmati maʼlum qildi

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Xabarga ko‘ra, 30-yanvar kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Mingbuloq tuman sudining raisi Sh.S. o‘zining ish yurituvidagi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi va boshqa moddalari bilan ayblangan sudlanuvchi O. S.ga yengilroq jazo tayinlash evaziga, sudlanuvchining otasi V.S.dan 2 000 dollar olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushlangan.

Oliy sud Plenumining bugun o‘tkazilgan majlisida Bosh prokurorning jinoyat ishlari bo‘yicha Mingbuloq tuman sudining raisi Sh. S.ni Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoiy javobgarlikka tortish va unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash haqidagi taqdimnomasi ko‘rib chiqilib, rozilik berildi.

“Oliy sud tomonidan sud organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish, tizimni nopok kadrlardan tozalash borasida barcha zarur saʼy-harakatlar amalga oshirilmoqda.

Bunda eng avvalo, sudya va xodimlar o‘rtasida nojo‘ya va nomunosib xatti-harakatlarning oldini olish, shu bilan birga korrupsiyaga yo‘l qo‘ygan sudya va xodimlarni aniqlash hamda ularga nisbatan qatʼiy choralar ko‘rishga eʼtibor qaratilmoqda”, — deyiladi xabarda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »