Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

TechDroider YouTube kanali blogeri noodatiy tajriba o‘tkazishga qaror qildi. U uchta eng mashhur flagmanlarni muzlatdi: Galaxy S24 Ultra, iPhone 15 Pro Max va Google Pixel 8 Pro. Qurilmalar suv to‘ldirilgan idishga solinib 6 soatga muzlatkichga qo‘yildi.

Foto: TechDroider

Belgilangan vaqtdan so‘ng idish olinib, suv eritildi. Sinov natijalariga ko‘ra, muzlatilgan smartfonlarning barchasi butun va zararlanmagan holda chiqqan.

Bloger dastlab Galaxy S24 Ultra va Google Pixel 8 Pro asosiy kameralarining oynasi yorilib ketgan deb o‘yladi. Lekin bu optik illyuziya – shisha shunchaki tumanlashgan.

Barcha tirqishlar, jumladan mikrofon, port va dinamiklar buzilmagan. Korpuslarda suv qolmagan. Muzlash natijasida hosil bo‘lgan bosim shisha, orqa panellar va flagman ekranlarga hech qanday taʼsir ko‘rsatmaganligini guvohi bo‘lish mumkin.

Bloger ilgari ham bu kabi tajribalarni o‘tkazgan. Oldingi sinovlarda u iPhone 15 Pro Max, Samsung Galaxy S23 Ultra va Google Pixel 7 Proni muzlatgan edi.

 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »