Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar davomida qurilish bilan bog‘liq muammolarni hal etish uchun pul talab qilgan mas’ullar qo‘lga olindi.

Kadr: Telegram

Xususan, Toshkent viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi bosh mutaxassisi mahalliy tadbirkor tomonidan O‘rta Chirchiq tumanida qurilgan uch qavatli savdo majmuasi binosini foydalanishga qabul qilib berish va boshqa hujjatlarini tegishli tashkilotlarda ishlovchi tanishlari orqali hal qilib berish evaziga 12 ming dollar talab qilgan. U so‘ralgan pul mablag‘idan 10 ming dollarni oldindan olgan vaqtida ushlangan.

Shuningdek, “O‘zbekiston shaharsozlik bo‘yicha loyihalash ilmiy-tadqiqot instituti” arxitektori o‘z xizmat mavqeyidan foydalanib hamda Buxoro viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasidagi tanishlari orqali Buxoro shahrida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi MCHJga tegishli 8 sotix yer maydonida bino-inshootlar qurilishi uchun loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlashga yordam berishni va’da qilgan. U o‘z xizmati evaziga 5 ming dollar talab qilgan va so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ushlangan.

Avvalroq Nukusda 900 mln so‘mlik qurilish obyektini olib berishni va’da qilgan fuqaro ushlangandi. 2023-yil dekabrda esa Oqdaryo tumanining sobiq hokimi tadbirkordan 200 ming dollar olayotganda qo‘lga tushgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »