Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda qo‘shni davlat tashqi siyosiy idorasi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati

Qayd etilishicha, muloqot davomida Baxtiyor Saidov prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga binoan O‘zbekiston Bishkekdagi IESda yuz bergan avariya sabab Qirg‘izistonga zarur yordamni ko‘rsatishga tayyorligini bildirgan.

“Xususan, O‘zbekiston tomoni yordam sifatida Andijondan O‘sh shahriga suyultirilgan gaz ballonlari yuborilishini ma’lum qildi. O‘z navbatida Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev qo‘shni birodarlarcha gumanitar yordam ko‘rsatishga tayyor mamlakatga samimiy minnatdorlik bildirdi”, — deyiladi xabarda.

Bishkekdagi IES portlashi

2-fevralga o‘tar kechasi Bishkekdagi issiqlik elektr stansiyasida portlash yuz berdi. Mahalliy vaqt bilan soat 03:06 da voqea joyiga o‘t o‘chirish brigadalari chaqirilgan. Yong‘in soat 05:05 da o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida 5 kishi jabrlangan, ulardan ikki nafari ambulator davolanishga yuborilgan. Yana ikki nafari kuyish jarohati bilan reanimatsiyada og‘ir ahvolda. IESdagi avariya tufayli Bishkekdagi 2493 ta ko‘p qavatli uy issiqlik va issiq suvsiz qolgan. Fuqarolarga issiq suv va issiqlik uchun to‘lovlarni qayta hisoblash va’da qilingan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi voqeaning ikkita versiyasini ko‘rib chiqmoqda, ulardan biri qo‘poruvchilik.
Poytaxtdagi barcha maktablar dushanba kunigacha onlayn ta’limga o‘tdi, bugun bolalar bog‘chalari ham yopiq.

Hodisa sabablari o‘rganilmoqda. Sadir Japarov Bishkek issiqlik elektr stansiyasidagi vaziyatni shaxsiy nazoratiga olgan. U voqea joyiga tashrif buyurgan va hamma narsani imkon qadar tezroq tiklashni buyurgan. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »