Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Surxondaryolik bloger Otabek Sattoriy sud ajrimi bilan qamoqdan ozod etildi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati sudlari axborot xizmati xabar berdi

Kadr: YouTube / Elmurod Muqimov

Unga ko‘ra, 2024-yil 5-fevral kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi tuman sudida Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat) 3-qismi “a”, “g” bandlari va 165-moddasi (tovlamachilik) 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, Oliy sud jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati taftish instansiyasining 2024-yil 2-fevral kunidagi ajrimiga ko‘ra, jinoyat ishlari bo‘yicha Muzrabot tuman sudining 2021-yil 10-may kunidagi hukmi, Samarqand viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati appelyatsiya instansiyasining 2021-yil 15-iyuldagi ajrimi va Oliy sud jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati kassatsiya instansiyasining 2022-yil 5-apreldagi ajrimi o‘zgartirilib, 6 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosiga keltirilgan Otabek Sattoriy (1980-yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan, blogerlik faoliyati bilan shug‘ullangan)ning sudga kiritgan iltimosnomasi ko‘rib chiqilib, qanoatlantirildi.

Shu tariqa sudning ajrimi bilan O.Sattoriy 2024-yil fevral oyining 5-kuniga qadar o‘talmay qolgan 2-yil 11 oy 25 kun ozodlikdan mahrum qilish jazosi Jinoyat kodeksining 74-moddasi (jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish) 3-qismi “v” bandiga asosan axloq tuzatish ishi jazosiga almashtirilib, ish haqining 20 foizini davlat daromadi foydasiga undirish belgilandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »