Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

PromRating axborot agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2023-yil oxiriga kelib UzAutoMotors MDHda avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchiga aylandi. Ushbu eʼtiborga molik yutuq nafaqat mamlakatning mintaqa avtomobil bozoridagi ahamiyatini, balki UzAutoMotors kompaniyasining jadal rivojlanishidan ham dalolat beradi. Bu muvaffaqiyat O‘zbekiston uchun iqtisodiyotning jadal rivojlanib borayotgani, jahon miqyosidagi o‘rni mustahkamlanayotganining timsoliga aylanib bormoqda.

O‘zbekiston avtomobil sanoatining rivojlanish tendensiyalari UzAutoMotors nafaqat taniqli kompaniyalar bilan muvaffaqiyatli raqobatlashayotganini, balki sifat va ishlab chiqarish samaradorligining yangi standartlarini yaratayotganini ko‘rsatmoqda. Bu o‘z navbatida, MDHning jahon avtomobilsozlik maydonidagi muhim o‘yinchi sifatidagi obro‘sini mustahkamlashga olib keladi.

Taʼkidlash joizki, narx-sifatning optimal nisbati bizga qo‘shni bozorni zabt etish imkonini berdi. Chevrolet avtomobillari 2023-yilda Qozog‘istonda sotuvlar bo‘yicha yetakchi o‘rinlarni egalladi. Bundan tashqari, 2023-yil oxirida Qozog‘istonda ko‘p sotilgan model Chevrolet Cobalt bo‘ldi va yangi Chevrolet Onix TOP 5 ga kirdi. Bu mintaqada ushbu markadagi avtomobillarning yuqori raqobatbardoshligi va ommabopligidan dalolat beradi.

2023-yilda MDHda avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchilar:

1. UzAutoMotors (O‘zbekiston): 395 395

2. AvtoVaz (Rossiya): 374 077

3. Haval Motor Manufacturing Rus (Rossiya): taxminan 100 000

4. “Allur” (Qozog‘iston): 82 854

5. “BelDji” (Belarus): taxminan 65 000

6. Hyundai Trans Almaty (Qozog‘iston): 46 159

7. UAZ (Rossiya): 39 453

8. “Moskvich” (Rossiya): 15 000 dan ortiq

O‘zbekiston haqiqatda Chevrolet brendi bo‘yicha AQSHdan keyingi ikkinchi yirik bozorga aylangani avvalroq xabar qilingan edi. Bu O‘zbekistonni nafaqat MDH, balki jahonda avtomobilsozlik sanoatining muhim ishtirokchisi darajasiga ko‘taradi.

Sheriklik huquqi asosida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »