Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ohangaron shahri hokimi Akrom Eshonqulov lavozimidan ketdi. Bu haqda uning o‘zi hokimlik axborot xizmati orqali ma’lum qildi.

Foto: Ohangaron shahri hokimligi axborot xizmati

Akrom Eshonqulov 1976-yil 16-fevralda Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida tug‘ilgan. U Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot akademiyasi hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining magistratura bosqichini tamomlagan. Mutaxassisligi — iqtisodchi.

Shaharning yangi hokimi mehnat faoliyati davomida davlat boshqaruv tizimida bir qator vazifalarda ishlagan. Jumladan, u Toshkent viloyati hokimligi axborot tahlil guruhi rahbari, Ohangaron tumani hokimining birinchi o‘rinbosari — shahar hokimi, Ohangaron tumani hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimlarida faoliyat olib borgan.

U 2020-yil iyunda Ohangaron shahri hokimi etib tayinlangan edi

“O‘tgan davr mobaynida sizlar bilan o‘tkazgan har bir daqiqam hayotim zarvaraqlarida o‘chmas iz qoldirdi. Fursatdan foydalanib, muhtaram prezidentimizga shuncha muddat sizlar bilan yelkama-yelka ishlash imkoniyatini berganidan cheksiz minnatdorman.

Ohangaron shahri mening ona shahrimdek yuragimdan joy oldi. Shahar ravnaqi yo‘lida nimaga erishgan bo‘lsam, barchasida sizlarning mehnatingiz beqiyos. Ish jarayonlarida birontangizni ranjitgan bo‘lsam, barchalaringizdan uzr so‘rayman. Xayr Ohangaron shahrim. Xayr jonajon shahrim”, — deb yozadi Eshonqulov.

Avvalroq Sherzod Solihov Chinoz tumani hokimi etib tayinlangani to‘g‘risida xabar berilgandi. Tayinlovga qadar u Toshkent tumani hokimining moliya-iqtisod va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »