Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Muntazam ravishda qirollik a’zolarini ommaviy tadbirlarda ko‘ramiz, ammo ular yopiq eshiklar ortida vaqtlarini qanday o‘tkazadi?

Qirol Charlz III

Ayni paytda Britaniya monarxi 13 ta xayriya tashkilotiga, jumladan, “Jamiyatda biznes” Britaniya-Osiyo fondiga rahbarlik qiladi. Shuningdek, Buyuk Britaniya va Hamdo‘stlik davlatlari rahbari hisoblanadi.

Bog‘dorchilikka qiziqadigan qirol ekologiya bo‘yicha ikkita kitob yozgan: “Uyg‘unlik: dunyoga yangi qarash” va “Oziq-ovqat kelajagi haqida”. Ko‘rinishidan, u bo‘sh vaqtining katta qismini ushbu kitoblarni yozishga sarflagan. Bundan tashqari, Charlz III bo‘sh vaqtini yana bir sevimli mashg‘uloti — akvarelda rasm chizishga bag‘ishlaydi.

Shahzoda Uilyam

Sharqiy Angliya havo tez yordamidagi yarim kunlik ishini tark etganidan beri shahzoda Uilyam farzandlarini tarbiyalashga va qirollik majburiyatlarini bajarishga e’tibor qaratdi. Uilyam o‘tmishda “ishchi” bo‘lgani uchun tanqid qilingan va 2016-yilda BBCga bergan intervyusida qirollik vazifalarini bajarishga tayyorligini ta’kidlab, “ota sifatidagi roliga katta e’tibor qaratganini” aytgan.

Men yaqinda ota bo‘ldim. Oilam oldidagi burch va mas’uliyatimga juda jiddiy yondashaman, farzandlarimni ham boshqalarga xizmat va burchni juda qadrlaydigan yaxshi insonlar qilib tarbiyalashni xohlayman, — degandi u o‘sha paytda.

Bundan tashqari, Uilyam atrof-muhitni muhofaza qilishga qo‘shgan hissasi uchun Earthshot mukofotining asoschisi hisoblanadi. Shahzoda chang‘i uchishni ham yaxshi ko‘radi. Bularning barchasi uchta farzandi — shahzoda Jorj, malika Sharlotta va shahzoda Luini tarbiyalashdan tashqari bo‘lgan mashg‘ulotidir.

Keyt Middlton

Uels malikasi ko‘p bolali ona va eri Uilyam kabi juda band qirollik a’zosi hisoblanadi. Keyt Middlton ko‘plab xayriya tashkilotlarining homiysi, jumladan Action for Children, Butun Angliya tennis va kroket klubi, Anna Freyd markazi va Milliy portret galereyasi shular jumlasidan. Qirolicha singari Keyt ham havaskor fotograf va uning “iste’dodi va ishtiyoqi”ni e’tirof etgan holda, Uels malikasiga nufuzli Qirollik fotograflik jamiyatining faxriy a’zoligi berilgan.

Qirollik a’zolarining sinchkov muxlislari Keytni sayr qilganda va Bukingem saroyi basseynida bolalari bilan cho‘milayotganda tez-tez ko‘rgan. Bundan tashqari, u har kuni o‘zining mashhur soch turmagiga alohida vaqt ajratadi.

Qirollik a’zolarining ba’zilari ham ish bilan ta’minlangan

Shahzoda Endryuning kenja qizi malika Yevgeniya badiiy galereya direktori yordamchisi, uning opasi malika Beatris esa biznes-maslahatchi hisoblanadi, deyiladi uning shaxsiy veb-saytida. Malika Annaning qizi Zara Tindall ot sporti bo‘yicha jahon chempioni, uning ukasi Piter Fillips esa Shotlandiyadagi Qirollik bankida ishlaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »