BMT Pokistondan deportatsiya qilingan afg‘onistonliklarga 3,8 million dollar ajratdi
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Pokistondan deportatsiya qilingan afg‘onistonliklarga yordam sifatida 3,8 million dollar ajratdi.
Butunjahon oziq-ovqat dasturi bu mablag‘ bilan Afg‘onistonga qaytishga majbur bo‘lgan qariyb 33 ming oila yoki 230 mingdan ortiq erkak va ayolga, jumladan, nogironlarga bir oy davomida yordam ko‘rsatishi mumkinligini e’lon qildi.
Eʼlonga ko‘ra, 33 mingga yaqin oilaga naqd pul ko‘rinishida yordam beriladi.
Ayni paytda, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Insonparvarlik yordamini muvofiqlashtirish boshqarmasining (OCHA) Afg‘onistondagi vakolatxonasi rahbari Izabel Mossard Karlsenning aytishicha, oziq-ovqat yetishmovchiligi avjiga chiqqan paytda, bu yordam Pokistondan qaytgan minglab afg‘onistonliklar uchun hayot manbai hisoblanadi.
Avvalroq Pokiston matbuoti mamlakat politsiyasi 4—7-fevral kunlari 3766 nafar afg‘on qochqinini deportatsiya qilgani haqida xabar bergandi.
O‘tgan oy Xalqaro migratsiya tashkiloti ham so‘nggi to‘rt oy ichida 5200 ga yaqin afg‘on qochqinlari Pokistondan majburiy yoki ixtiyoriy ravishda Afg‘onistonga qaytganini e’lon qildi.