Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Samarqand viloyatida masjid o‘rniga bog‘cha qurgan ayol bugungi kunda 40 nafar yetim bolaga bepul taʼlim-tarbiya bermoqda. Bu haqda Maktabgacha taʼlim agentligi xabar berdi

Foto: Maktabgacha taʼlim agentligi

Maʼlum qilinishicha, 2019-yilda Samarqand viloyatida quvvati 250 o‘rinli maktabgacha taʼlim tashkiloti davlat-xususiy sherikchilik asosida faoliyat boshladi. Bugungi kunda bog‘chaga 200 nafardan ortiq bola qamrab olingan. Ulardan 40 nafari yetim bolalar bo‘lib, ular bepul taʼlim-tarbiya olmoqda. 32 nafar yordamga muhtoj oilalarning farzandlari imtiyozli 150 ming so‘mlik to‘lov va qolgan tarbiyalanuvchilar esa ota-onalar badali orqali taʼlim-tarbiya olmoqda.

Davlat-xususiy sherikchilik asosida faoliyat olib borayotgan bog‘cha loyihasi 11 milliard so‘m bo‘lib, 3 milliard so‘mi davlat tomonidan kredit, qolgan 8 milliard so‘mi tadbirkor mablag‘i evaziga ish boshlagan. Xususiy bog‘cha mudirasi Dilfuza Maʼrufova bog‘cha qurilib, ishga tushishidan oldin yetim bolalarni bepul tarbiya qilishni maqsad qilgan. 

“Turmush o‘rtog‘im masjid qurishni maqsad qilgan paytlarida yon-atrofimizdagilar bog‘cha ham masjiddek joy, shuning uchun bolalar bog‘chasi quringlar, deya maslahat bergan. Maslahatlardan kuch olib, ushbu bog‘cha faoliyatini yo‘lga qo‘yganmiz. Har bir bolani oilaviy sharoiti bilan yaqindan tanishgan holda bog‘chaga qabul qilaman. Bugungi kunda muassasasada ingliz tili, shaxmat-shashka, karate, gimnastika, mental arifmetika, xoreografiya to‘garaklari ish olib bormoqda”, — deydi Dilfuza Maʼrufova.

Dilfuza Maʼrufova 20 yil davomida Samarqanddagi maktablardan birida oliy toifali pedagog sifatida faoliyat yuritgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »