Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Daniya mudofaa vaziri Troels Lund Poulsen yaqin 3-5 yil ichida Rossiya va NATO o‘rtasida harbiy mojaro boshlanishi mumkinligini aytdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiyaning harbiy texnika ishlab chiqarish salohiyati sezilarli darajada oshgan.

“Uch-besh yil ichida Rossiya NATOning beshinchi moddasini va alyansga a’zo davlatlarning birdamligini tekshirib ko‘rishi mumkin... Bu hozir oldinga chiqayotgan masala”, — dedi vazir.

NATO shartnomasining beshinchi moddasiga ko‘ra, alyansga a’zo davlatlar qurolli hujumga uchragan har qanday a’zo davlatga yordamga kelishi kerak.

Foto: Google Images

Poulsenning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada “buni qilish uchun istak bor”. Uning aniqlik kiritishicha, Daniyaga to‘g‘ridan to‘g‘ri tahdid yo‘q, biroq mamlakat gibrid hujumlarga duch kelishi mumkin.

Avvalroq NATO harbiy qo‘mitasi rahbari Rob Bauer alyans yaqin yigirma yil ichida Rossiya bilan keng ko‘lamli urushga tayyorgarlik ko‘rayotganini aytgandi. Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius mojaro 3-5 yil ichida boshlanishini taxmin qildi. Shvetsiya, Norvegiya, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlar rasmiylari ham urush boshlanishi mumkinligini aytib o‘tishgan.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bunday bayonotlarni absurd deb atadi. Rossiya Federatsiyasi Tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narishkinning aytishicha, bu “G‘arbning hozirgi gibrid agressiyasini” oqlash uchun olib borilayotgan axborot urushining bir qismidir.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »