Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qaysi xorijiy davlatga tashrif buyurishni xohlaysiz, deb so‘rashsa, ro‘yxat ichida Dubayni ham tilga olishingiz aniq. Dunyoning eng ajoyib megapolislaridan biri bo‘lgan shaharda ko‘rish kerak bo‘lgan 5 ta diqqatga sazovor joylar bilan tanishamiz.

Expo City Dubai

Bir necha yil avval Dubay Butunjahon ko‘rgazmasini o‘tkazish va o‘zining innovatsion g‘oyalari va rivojlanishiga dunyo e’tiborini jalb qilish istagini e’lon qildi. Natijada Expo City nafaqat innovatsion binolar va ko‘rgazma maydonlari majmuasi, balki Dubay madaniy va ilmiy almashinuv global markaziga aylandi.

Uning hududida tabiat, inson taraqqiyoti, yangi innovatsion texnologiyalar kabi mavzularni aks ettiruvchi bir nechta maydonlar mavjud. Sayyohlar uchun eng xayratlanarli joy bu — 55 metrlik aylanuvchi Garden in the sky (“osmondagi bog‘”) kuzatuv maydonchasidir. Yuqoridan siz shaharning ajoyib manzarasini tomosha qilishingiz mumkin.

Burj Xalifa

Dunyodagi eng baland bino Burj Xalifa arab tilidan “Xalifa minorasi” degan ma’noni bildirib, balandligi 828 metr, 130 dan ortiq qavati bor. Binoni uzoqdan ko‘riboq ba’zi odamlarning boshi aylanib ketadi. Adrenalin va yangi taassurotlarni sevuvchilar uchun binoning yuqori qavatlarida maxsus tomosha maydoni tashkil qilingan. Osmono‘par binoda turli ofislar, savdo markazlari, mehmonxonalar, sport zallari, salonlar va turar joy kvartiralari mavjud. Ichkarida sizni sekundiga 18 metr tezlikda balandlikka olib chiqadigan bir nechta tezyurar liftlar xizmat qiladi.

Dubaylend

Foto: Bangkokbook

Ushbu ko‘ngilochar xiyobon Yaqin Sharqning Disneylendi deb ham ataladi. Sayyohlar u yerda xaridlar qilishi, kinoteatr yoki akvaparkka borishi, kafeda dam olishi yoki shunchaki sayr qilishi mumkin.

Dubaylend shahar markazidan taxminan 20 kilometr uzoqlikda joylashgan. Ichkarida majmua yetti nafar zonaga bo‘lingan. Shuningdek, ekoturizm va sport komplekslarini ham aynan Dubaylendda topasiz. Majmua hududida Logolend nomli istirohat bog‘i mavjud. Umuman olganda, bu yerda sayyohlar faol dam olishi uchun barcha sharoitlar yetarli.

Kelajak muzeyi

Foto: Dubaysk
Foto: Dubaysk

2022-yilda ochilgan ushbu estetik muzey mamlakat va butun insoniyat kelajagi, ilg’or texnologiyalar va hayotning turli sohalaridagi taraqqiyotga bag‘ishlangan. 7 qavatdan iborat bino ichki tayanchlarsiz qurilgan bo‘lib, darhol sayyohlarning e’tiborini tortadi. Ustki qismi zanglamaydigan po‘lat bilan qoplangan, fasadi arab xattotligida kelajak haqidagi iboralar bilan bezatilgan.

Muzeydagi ekskursiya avval yuqori qavatdan boshlanadi. Unda kosmik tadqiqot, ekotizim, biologiya muhandisligi, sog‘liqni saqlash, energetika, robototexnika va sun’iy intellektga oid dasturlar o‘rin olgan. Eng so‘nggi — birinchi qavat bolalar uchun bag‘ishlangan maydondan iborat.

Dubay opera teatri

Foto: Bangkokbook

Dubay opera teatri 2016-yilda g‘ayrioddiy dizaynda qurilgan. Binoning tashqi ko‘rinishi shisha kemaga o‘xshab ketadi va 2000 nafar tomoshabinga mo‘ljallangan hashamatli zaldan iborat. Teatr sahnasida barcha turdagi dasturlar: spektakllar, opera va balet, jahon yulduzlarining simfonik va jazz konsertlari, estrada yulduzlarining chiqishlari, ko‘ngilochar shoular o‘tkaziladi. Teatr tomida esa Sky Garden restorani joylashgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »