Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shu hafta saraton kasaliga chalingani aniqlangan Britaniya qiroli Charlz III uning sog‘lig‘i haqida qayg‘urgan barchaga minnatdorlik bildirdi. Bu haqda Bukingem saroyi saytida xabar berilgan.

Foto: Reuters

So‘nggi kunlarda menga kelgan ko‘plab qo‘llab-quvvatlash xatlari va samimiy tilaklar uchun chin dildan minnatdorlik bildirmoqchiman, — deydi so‘zga chiqqan qiroli Charlz III.

Uning ta’kidlashicha, saratonga duch kelgan har bir insonga iliq so‘zlar, tasalli va dalda kuch bag‘ishlaydi. Charlz III o‘z tashxisini barcha bilan baham ko‘rishi butun dunyoda saraton bilan og‘rigan bemorlarni tushunishga yordam berishini qo‘shimcha qilgan. 

Bukingem saroyidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, shifokorlarning davolanish vaqtida davlat vazifalaridan voz kechish tavsiyalariga qaramay, qirol davlat ishlari bilan shug‘ullanishda va hujjatlar bilan ishlashda davom etishga qaror qilgan. Uning vazifalaridan biri parlament tomonidan qabul qilingan qonunlarni imzolashdan iborat.

Buyuk Britaniya qiroli Charlz III saratonga chalingani 6-fevral kuni e’lon qilingandi. Mamlakat bosh vaziri Rishi Sunak qirol Charlz III ga saraton tashxisi qo‘yilgani haqida eshitib, hayratda qolganini aytgan. U kasallik erta bosqichda aniqlangani uchun qirol tezda tuzalib ketishiga umid bildirdi. Qirolning o‘zi ham davolanishiga ijobiy munosabatda va imkon qadar tezroq davlat oldidagi majburiyatlarini o‘tash uchun qaytishga umid qilmoqda

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »