Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Jo Baydenning saylovoldi shtab-kvartirasi TikTok ijtimoiy tarmog‘ida akkauntni ro‘yxatdan o‘tkazdi. E’tiborli tomoni, TikTok’dan foydalanish Baydenning farmoni bilan ko‘pchilik AQSH hukumati xodimlari uchun taqiqlangan.

@bidenhq akkaunti Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi asosiy sport tadbirlaridan biri bo‘lgan Super Bowl musobaqasi bo‘lib o‘tadigan 11-fevral, yakshanba kuni ro‘yxatga olindi. Birinchi video esa AQSHning amaldagi prezidenti Amerika futboli haqidagi savollarga bergan javoblariga bag‘ishlandi. Prezident finalda “Kanzas Siti” yoki “San-Fransisko” jamoalaridan qaysi birini qo‘llab-quvvatlashi haqidagi savolga javob berar ekan, “Filadelfiya Iglz” jamoasini afzal ko‘rishini aytdi.

“Agar men ‘Filadelfiya Iglz’ tarafdori emasligimni aytadigan bo‘lsam, unda men yolg‘iz uxlashim kerak bo‘ladi. Chunki xotinim bu jamoaning ashaddiy muxlisi”, — dedi Bayden.
Foto: Google Images

Xitoyning ByteDance kompaniyasiga tegishli TikTok bir necha yillardan beri Qo‘shma Shtatlarda har xil cheklovlar va taqiqlarga duchor bo‘lmoqda.

Amerika fuqarolarining TikTok’dan foydalanishiga birinchi marta taqiq 2020-yilda o‘sha paytdagi prezident Donald Tramp tomonidan kiritilgan edi. Avvaliga AQSH armiyasi va dengiz floti ushbu xizmatdan rasmiy qurilmalarda foydalanishni taqiqlagan.

Tramp ma’muriyati federal taqiq joriy qilishga urindi, biroq TikTok tomonidan boshlangan sud jarayonlari bunga yo‘l qo‘ymadi. Prezident Jozef Bayden saylanganidan so‘ng, uning ma’muriyati ushbu ilovadan davlat xizmatchilarining rasmiy qurilmalarida foydalanishni taqiqlovchi farmoyish chiqardi, shundan so‘ng AQSHning 34 shtati mahalliy amaldorlar uchun xuddi shunday taqiqlarni qabul qildi. Montana shtati esa ilovani barcha shaxsiy qurilmalarga o‘rnatishni butunlay taqiqlagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »