Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH Senati 13-fevral kuni Ukraina va Isroilga moliyaviy ta’minot ajratishni nazarda tutgan 95,3 milliard dollarlik tashqi harbiy yordam to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qildi. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.

Tashqi yordam paketi Ukrainani qo‘llab-quvvatlash va Isroilga xavfsizlikni taʼminlash uchun, shuningdek, G‘azo, G‘arbiy Sohil va Ukrainadagi tinch aholiga gumanitar yordam ko‘rsatish uchun milliardlab dollarni o‘z ichiga oladi. 

Foto: Google Images

Senat tasdiqlab bergan ushbu qonunga Jamoalar palatasi spikeri Mayk Jonson keskin e’tiroz bildirdi. Jonsonning o‘tkir tanqidlariga qaramay, qonun loyihasi Senat tomonidan qabul qilingan. Loyihani tanqid qilganlar orasida Donald Tramp ham bor. Sobiq prezident qonun loyihasiga qarshi ekanligini bildirib, mamlakat faqat kredit shaklida tashqi yordam berishi kerakligini ma’lum qildi.

Qonun loyihasi Ukrainani Rossiyaga qarshi kurashda qo‘llab-quvvatlash uchun 60 milliard dollar, Isroilga xavfsizlikni ta’minlash uchun 14,1 milliard dollar, gumanitar yordam uchun 9,2 milliard dollar va Hind-Tinch okeani mintaqasidagi mintaqaviy sheriklarni qo‘llab-quvvatlash uchun 4,8 milliard dollarni o‘z ichiga oladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »