Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Arab davlatlari ligasi yetakchisi G‘azo aholisining dislokatsiya qilinishi uzoq muddatli yangi keskinlikni boshlab berishi haqida ma’lum qildi.

Dubayda bo‘lib o‘tgan Jahon hukumatlararo sammitida so‘zga chiqqan Ahmad Abul G‘ayt Isroilning Rafahga davom etayotgan hujumining “xavfli oqibatlari” haqida yana bir bor ogohlantirdi. “Muammoga aniq yechim berilmas ekan, u chegaralardan oshishda davom etadi”, — dedi Ahmad Abul G‘ayt.

“Isroil rejimining tinch aholiga hujumlardan so‘ng, oxirgi chora sifatida Rafahda boshpana topgan yuz minglab falastinliklarni ko‘chirishi qabul qilib bo‘lmas harakatdir. Bu mintaqaviy barqarorlikka jiddiy tahdid soladi”, — deya qo‘shimcha qilgan Ahmad Abul G‘ayt.

Foto: Google Images

Arab ligasi yetakchisi ,shuningdek,  AQSH va G‘arb bloki Isroildan hujumlarini darhol to‘xtatishni talab qilishi kerakligi, aks holda Yaqin Sharqda zo‘ravonlik avjiga chiqishi mumkinligini aytgan. Mustaqil Falastin davlati tashkil topishi imkoniyatini muhokama qilar ekan, u bu ssenariy Isroil “Falastin yerlarida qurilgan noqonuniy aholi punktlarini buzib tashlagandagina” amalga oshishini taʼkidladi.

Liga yetakchisi ,shuningdek, Falastin qarshilik harakatlarini tor-mor etish imkonsiz ekanligini, unga qarshi kurashish emas, balki, bu holatdan to‘g‘ri xulosa chiqarish kerak ekanligini ta‘kidlagan. Yaqin Sharqda Eron va unga ittifoqchi kuchlarning mintaqaviy xavfsizlikka ta’siri esa “G‘arb qo‘zg‘atgan” omildir, deya baholadi u.

Oliy vakil, o‘z navbatida, Saudiya Arabistoni o‘tgan yilning mart oyida Tehron bilan munosabatlarni normallashtirish bo‘yicha kelishuvga erishganini, Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi va Eron munosabatlari “yangi bosqichga” olib chiqilgani,  bu tendensiyalar kelajakda mintaqaviy barqarorlikka katta ijobiy ta’sir ko‘rsatishda asos bo‘lishi mumkinligini ta’kidlagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »