Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Estoniya bosh vaziri Kaya Kallas jinoiy ayblovlar bilan qidiruvga berilgan. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligining qidiruv ma’lumotlar bazasiga tayanib, “TASS” xabar bergan.

Foto: Delfi

Unga ko‘ra, Kallas Kaya Jinoyat kodeksi bo‘yicha qidirilmoqda, biroq qidiruv qaysi modda bo‘yicha olib borilayotgani ko‘rsatilmagan. Shuningdek, Rossiya Ichki ishlar vazirligining ma’lumotlar bazasida Estoniya davlat kotibi Taimar Peterkopga nisbatan ham Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksi moddasi bo‘yicha qidiruv e’lon qilingan.

Shu bilan birga, “TASS” huquq-tartibot idoralari sovet askarlari yodgorliklarini yo‘q qilish va zarar yetkazganligi uchun Kallas va Peterkopga qarshi ish ochilganini xabar qilgan. 

O‘tgan sentyabr oyida RF Tergov qo‘mitasi 170 dan ortiq chet el fuqarolarini, jumladan, Latviya, Litva, Estoniya, Polsha va Ukraina fuqarolarini sovet askarlari yodgorliklarini tahqirlash va vayron qilish ishlarida ayblanuvchi sifatida sirtdan aybladi. Qayd etilishicha, tergovchilar tomonidan 16 ta jinoiy holat bo‘yicha ish olib borilmoqda, sovet askarlarining harbiy qabrlari, yodgorliklarni tahqirlash, yo‘q qilish yoki zarar yetkazish bilan bog‘liq 143 ta holat bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »