Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘istonda parlament deputatlari pedofil va terrorchilarning mamlakatga kirishini taqiqlashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda ma’qulladi. Bu haqda Nur.kz xabar berdi.

Illyustrativ foto: Sputnik

Bunday norma “Qozog‘iston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga aholi migratsiyasi va jazoni ijro etish sohasidagi qonunchilikni takomillashtirishga doir o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasida keltirilgan.

Uni deputat Magerram Magerramov ilgari surgan. Qonun loyihasi quyidagi asosiy qoidalarni o‘z ichiga oladi:

  • migratsiya sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibini belgilash;
  • voyaga yetmaganlarning jinsiy daxlsizligiga qarshi jinoyatlar sodir etganlikda ayblangan xorijliklarning mamlakatga kirishini va mamlakat fuqaroligini olishini cheklash;
  • ekstremistik yoki terroristik faoliyat bilan shug‘ullangan chet el fuqarolarining mamlakatga kirishini taqiqlash;
  • favqulodda vaziyatlarda muddati o‘tgan hujjatlardan foydalanish masalasini hal qilish.
“Yuqoridagi yangilikning joriy etilishi qonunchilikdagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, migratsiya nazoratini yanada samaraliroq taʼminlash va aholini hujjatlashtirish tartiblarini takomillashtirish imkonini beradi”, — deydi deputat.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »