Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga raketa va artilleriya snaryadlari yetkazib bergani uchun Shimoliy Koreyaga sanksiyalar joriy etishni taklif qildi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

YI Shimoliy Koreya mudofaa vaziri va milliy ballistik raketa dasturini nazorat qiluvchi hukumat organi – Bosh raketa byurosini sanksiyalar ro‘yxatiga kiritishni taklif qildi.

Foto: Google Images

Qayd etilishicha, “Shimoliy Koreya tomonidan ishlab chiqarilgan ballistik raketalar” Rossiya qurolli kuchlari tomonidan Ukrainaga qarshi ishlatilgan. Bundan tashqari Shimoliy Koreya Rossiyaga yuz minglab artilleriya o‘q-dorilarini yetkazib berdi.

Ta’kidlanishicha, Shimoliy Koreyaga qarshi potensial choralar, jumladan sayohatni taqiqlash va aktivlarni muzlatish ko‘p jihatdan ramziy ma’noga ega.

Taklif qilingan sanksiyalar qurol ishlab chiqarish va xarid qilish bilan shug‘ullanuvchi o‘nlab shaxslar va tashkilotlar, shuningdek, ularni yaratish uchun zarur bo‘lgan butlovchi qismlar va texnikalar ro‘yxatini o‘z ichiga oladi. Bu choralar bir qancha rossiyalik amaldorlarga ham tegishli.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »