Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasining nimchorak finalida “Nasaf” “Al-Ayn”ga qarshi bahs olib boradi.

Qarshida bo‘lib o‘tadigan uchrashuv oldidan ikkala jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Ikkala jamoa ham tanaffus davrida edi. Yuqori templi o‘yin bo‘lmaydi, deb o‘ylayman. Sababi, jamoalar tanaffusda ekanliklari bois ushbu o‘yinni uzoq kutdi. Shunga qaramay, taktik va kurashlarga boy bahs guvohi bo‘lamiz. Yigitlar o‘yinga shay va ijobiy natija uchun bor mahoratlarini ishga soladi. Har bir o‘yindagi natija juda muhim. Shuning uchun keyingi bosqichni ko‘zlagan holda o‘ynaymiz.

Ertangi raqib 9-fevralda Kubok uchrashuvini o‘tkazdi. Bu bahsni chuqur o‘rganib chiqdik va yigitlarga ma’lumotlarni ulashdik. Bundan tashqari, jamoaning chempionat va OCHLdagi o‘yinlarini ko‘rsatib, kuchli va kuchsiz tomonlarini ko‘rsatdik. 

“Al-Ayn”ni kuzatib, shunga amin bo‘ldikki, bu jamoa hujumkor o‘ynaydi va hujum qilishni yaxshi ko‘radi.

Zafarmurod Abdurahmatov kuchli xarakterga ega futbolchi. Biz uni bolaligidan bilamiz. U doimo o‘zini ko‘rsatgan. Har bir futbolchida bunday holat uchraydi. U vaziyatdan chiqib keta oladi, hozirgi holati buni ko‘rsatib turibdi. Faqat ertangi uchrashuvda kim tushishi haqida aniq axborot berolmayman, ammo u tarkibda bo‘lishi mumkin. Zafarmurod terma jamoadan betob holda qaytgani uchun 4-5 kun mashg‘ulotlarda ishtirok etmadi. Vaziyatga va taktikaga qarab ish tutamiz.

Ro‘ziqul Berdiyev, “Nasaf” bosh murabbiyi

Ertaga bizni yaxshi o‘yin kutib turibdi. Oldinda hali javob uchrashuvi ham bor. Albatta, ertangi bellashuv ham ancha muhim. Ko‘ramiz, maydonda nima bo‘larkan?

Umumiy olganda har ikki jamoaning vaziyati bir xil. Biz ham ma’lum vaqt davom etgan tanaffusdan keyin bitta bahs o‘tkazdik. Biroq bu vaqt oralig‘ida ham o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushdik.

Yetakchilarni olib kelmadim? Vaziyat shundayki, qisqa muddat ichida bir nechta musobaqa o‘yinlarini o‘tkazishimizga to‘g‘ri kelyapti. Shu sababli, ba’zi futbolchilarni bu yerga olib kela olmadik. Biroq, bor tarkibimiz bilan ham kerakli natijaga erishish maqsadimiz bor.

Ernan Krespo, “Al-Ayn” bosh murabbiyi

“Nasaf” va “Al-Ayn” o‘rtasidagi 1/8 final uchrashuvi 14-fevral kuni 19:00 da start oladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »