Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev 15-fevral kuni Andijon viloyatiga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, tashrif dasturida ko‘zda tutilgan manzillar va rejalar ko‘p. Birinchisi “Asaka tekstil” klasterining to‘qimachilik korxonasi bo‘ldi. Shu yerda Andijon viloyati misolida paxta-to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish konsepsiyasi bo‘yicha axborot berildi.

Qayd etilganidek, ishlab chiqarish tannarxi 15 foizga qisqartiriladi, 65 foiz qo‘shilgan qiymat yaratiladi. Dizayner va texnologlar maktabi tashkil etiladi. Nufuzli brendlar va riteylerlar jalb etilib, tarmoq korxonalari eksporti 800 million dollarga yetkaziladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbari klaster bilan fermerlar o‘rtasidagi munosabatlarda manfaatdorlikni oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratdi.

“Qishloq xo‘jaligida bozor munosabatlarini rivojlantiryapmiz. Maqsadimiz — yerga nisbatan e’tiborni, mahsulot yetishtiradiganlar manfaatini kuchaytirish. Sohaning quyi bo‘g‘inidagi dehqon va fermer ham raqobatbardosh bo‘lishi kerak”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident korxonada ishlayotgan tikuvchi ayollar bilan suhbatlashdi. Ularning ayrimlari o‘z tumanida yuqori maoshli ish paydo bo‘lgani uchun mehnat muhojirligidan qaytib kelgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident matbuot kotibining ma’lum qilishicha, tashrif davomida davlat rahbari sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalari, ijtimoiy soha obyektlari va mahallalar hayoti bilan tanishishi, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha kelgusi vazifalarni belgilab berishi rejalashtirilgan.  

Shavkat Mirziyoyev hududlar iqtisodiyoti, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida bundan avval 2023-yil 1-fevral kuni Andijon viloyatiga borgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »