Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Nyu-York moda haftaligida dizayner Kristian Kouen FW24 kolleksiyasidagi Adobe Project Primrose nomli interaktiv libosini taqdim etdi. Ko‘ylak yaratilish jarayonini o‘zining Instagram sahifasiga joyladi.



Ushbu libosni yaratishda Adobe tadqiqotchisi va muhandisi Ti Jey Rouds, Project Primrose muallifi Kristina Dirk hamkorlik qildi.

Foto: Euronews

Interaktiv libos ikki qismdan iborat. Yuqori qismi lazer yordamida kesilgan va qo‘lda ishlov berilgan suyuq kristall dispersiyalardan tayyorlangan 1264 dona barglardan iborat. Ular model yurganida tashqi ko‘rinishini o‘zgartiradi. Pastki qismi esa kumush rangli yulduz shaklidagi yorqin dekordan tuzilgan.

Adobe interaktiv libosining har bir qismi ostida egiluvchan elektron plata yashiringan bo‘lib, ko‘ylak ranglarini almashtirish imkonini beradi.

Foto: Theawesomer

Bunday libosni yaratish loyihasi 2013-yilda boshlangan. 2017-yilga kelib Project Glasswing hamkorlik qilishni boshladi. Umumiy hisobda interaktiv libos yaratilishiga 10 yillik tadqiqot va tajribalar kerak bo‘ldi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »