Bugun,

  • USD12800.13
  • RUB129.02
  • EUR13467.02

Rossiya Milliy Xavfsizlik Kengashi kotibi Nikolay Patrushev hozir Afg‘onistonda 20 ga yaqin terrorchi tashkilot, ularda 23 mingdan ortiq jangari borligini aytdi.

Patrushev Bishkekda Xavfsizlik Kengashi kotiblarining Afg‘oniston masalalari bo‘yicha yig‘ilishida Afg‘oniston G‘arbning cheksiz geosiyosiy sarguzashtlari zanjirining halqalaridan biri ekanligini va Afg'onistondagi hozirgi murakkab vaziyat uchun asosiy mas'uliyat AQSH va uning ittifoqchilari zimmasiga tushishi kerakligini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington Afg‘onistondagi 20 yillik faoliyati davomida vaziyatni yaxshilash uchun hech narsa qilmagan.

Foto: Google Images

Patrushevning qo‘shimcha qilishicha, “G‘arb chekinar ekan, katta miqdordagi qurollarni tashlab, soatli bombani ishga tushirdi. Bugungi kunda bu qurollar afg‘on ichidagi guruhlar o‘rtasidagi urushni kuchaytirish uchun qo‘llanilmoqda, ular qora bozorda sotilmoqda va uchinchi mamlakatlarda terrorchilar qo‘liga o‘tib ketmoqda”, — dedi Patrushev.

Uning qo‘shimcha qilishicha, G‘arb Afg‘onistondagi ishtirokini oshirishga qaratilgan saʼy-harakatlari bilan bir qatorda, ushbu davlatdagi terrorchi guruhlardan turli maqsadlarda foydalanishga ham urinmoqda.

Xavfsizlik kengashi kotiblari yig‘ilishida Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Tojikiston va O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »