Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bugun, 16-fevral kuni rossiyalik siyosatchi Aleksey Navalniy Yamal-Nenetsk avtonom okrugidagi 3-sonli axloq tuzatish koloniyasida vafot etgani xabar qilindi.  Rossiya prezidenti Vladimir Putinning asosiy muxolifi hisoblangan Navalniyning o‘limi ayni paytda butun dunyoning diqqat markazida bo‘lib turibdi.

Turli davlat rahbarlari, siyosatchilar mazkur voqeaga o‘z munosabatlarini bildirishmoqda.

Jumladan, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Navalniyni Putin o‘ldirgan deb hisoblamoqda.

“Hozirgina Aleksey Navalniy Rossiya qamoqxonasida vafot etgani ma’lum bo‘ldi. Aftidan, u ham qiynoqqa solingan minglab odamlar kabi Putin tomonidan o‘ldirilgan. Putin uchun kimning o‘lishi muhim emas, muhimi, u o‘z pozitsiyasini saqlab qolsa bo‘lgani. Shuning uchun u mag‘lub bo‘lishi, hammasini yo‘qotishi va qilgan ishi uchun javob berishi kerak”, — dedi Ukraina prezidenti.

Germaniya kansleri Olaf Shols esa mazkur voqea Rossiya salbiy tomonga o‘zgarganining belgisi ekanini aytib o‘tdi.

“Hozircha yakuniy tasdiq yo‘q, ammo Navalniy Rossiya qamoqxonasida o‘lgan bo‘lishi ehtimoli yuqori. Bu biz uchun juda qayg‘uli xabar. Men u bilan zaharlanganidan keyin Germaniyada davolanayotganida uchrashgandim. Navalniy bilan Rossiyaga qaytish qarori qanday jasorat talab qilgani haqida suhbatlashdim. Endi u bu qarori uchun hayotidan ayrildi. Bu qanday rejim ekanligini juda yaxshi bilamiz. Kim tanqid qilsa, demokratiya tarafdori bo‘lsa, o‘z hayotini xavf ostiga qo‘ygan bo‘ladi.

Foto: Google Images

Uning xotini, bolalari, do‘stlari, izdoshlariga hamdardlik bildiramiz. Bu shunchaki dahshatli. Va bu Rossiya qanday qilib salbiy tomonga o‘zgarganining belgisidir. Afsuski, bu jarayon ancha oldin boshlangan, u allaqachon demokratiyadan uzoqlashgan, Rossiyada demokratiya qolmagan”, — dedi Germaniya kansleri Olaf Shols.

Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak Navalniyning o‘limini rus xalqi uchun katta fojia, deb atadi.

“Bu dahshatli xabar. Rossiyaning eng ashaddiy demokratiya himoyachisi sifatida Aleksey Navalniy butun umri davomida aql bovar qilmaydigan jasorat ko‘rsatdi. Men uning rafiqasi va Rossiya xalqiga hamdardlik bildiraman, ular uchun bu juda katta fojia”, — dedi Sunak.

“Aleksey Navalniyning o‘limi barcha demokratiya va inson huquqlari himoyachilari uchun fojiadir. Uning oilasiga va Rossiyada demokratiya uchun kurashni davom ettirayotganlarga hamdardlik bildiraman”, — dedi Gruziya Prezidenti Salome Zurabishvili.

“Navalniy vafot etdi” deyish noto‘g‘ri. “Navalniyni Putin o‘ldirdi” — mana bu to‘g‘ri gap bo‘ladi, — dedi ukrainalik siyosatchi Anton Gerashchenko.

“Putin Navalniyni tez va yashirincha zahar bilan o‘ldirishga urinib ko‘rdi va muvaffaqiyatsizlikka uchradi, endi esa uni qamoqda sekin va oshkora o‘ldirdi. U Putin va uning mafiyasini firibgar va o‘g‘ri ekanligini fosh qilgani uchun o‘ldirilgan. Mard insonning xotini va bolalariga hamdarlik bildiraman”, — dedi shaxmat bo‘yicha sobiq jahon chempioni Garri Kasparov.

Navalniyning onasi esa o‘g‘li vafot etganiga hali ham ishona olmayotganini ma’lum qilgan. 

"Men hech qanday ta'ziya haqida eshitishni xohlamayman. Biz o‘g‘limizni 12-fevral kuni koloniyada ko‘rgandik, u bilan uchrashgandik. O‘g‘lim tirik, sog'lom va quvnoq edi", — dedi Lyudmila Navalnaya.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »