Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jeyk Sallivan Milliy jamoat radiosi (NPR) orqali qilgan chiqishida, Amerika ma’muriyati hozircha Aleksey Navalniyning o‘limi bilan bog‘liq xabarlarga izoh bermasligini, aslida, nima bo‘lgani haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lishga urinayotganini ma’lum qildi.

“Nima bo‘lgani haqida aniq ma’lumot yo‘q, bizda bu borada bir qator savollar bor. Biz ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lmagunimizcha va bu ma’lumotlar tasdiqlanmaguncha qo‘shimcha izoh berishdan o‘zimizni tiyamiz”, — dedi Sallivan.

Foto: Google Images

AQSH davlat kotibi Entoni Blinken esa bu voqea Aleksey Navalniy taqdiridan xavotirda bo‘lgan boshqa ko‘plab davlatlar bilan muhokama qilinishini aytib o‘tdi.

“Birinchi navbatda, agar bu xabarlar to‘g‘ri bo‘lsa, Navalniyning rafiqasi va oilasiga hamdardlik bildiramiz. Qolaversa, uning o‘limi Putin qurgan tizimning negizidagi zaiflik va chiriyotganlikni ko‘rsatadi. Rossiya buning uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishi kerak. Biz buni Aleksey Navalniy taqdiridan xavotirda bo‘lgan boshqa ko‘plab davlatlar bilan muhokama qilamiz, ayniqsa, bu xabarlar haqiqat bo‘lib chiqsa”, — dedi Blinken.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »