Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

1990-yilning fevralida, 34 yil oldin, Mayk Tayson Tokioda Jeyms Duglas bilan jang qildi va faoliyatida birinchi marta mag‘lub bo‘ldi.

Unchalik kuchli bo‘lmagan raqibga qarshi chempionlik kamarlarining navbatdagi himoyasi omadsizlik bilan yakunlandi, bu mag‘lubiyat indiya-rokerlar jamoasining o‘z kumirlari haqida qo‘shiq chiqarishga majbur qildi.

Foto: Sports

Tayson bu jangda yaqqol favorit edi, lekin u faoliyatida birinchi marta bu vazn toifasida 7-o‘rinda turuvchi, jangdan bir oy oldin onasidan ayrilgan bokschiga imkoniyatni boy berdi

Mayk Tayson va Jeyms Duglas o‘rtasidagi jang natijasi hanuzgacha boks tarixidagi kutilmagan holatlardan biri hisoblanadi. Duglas, hatto, Taysonning asosiy raqibi sifatida qabul qilinmagan: promouter Don King Evander Holifild bilan jangga tayyorgarlik ko‘rayotgan edi. Ammo u dam olishi uchun uchun vaqt so‘ragan.

Shunday qilib, Jeyms Duglas bilan jang varianti paydo bo‘lgan. Taysonning murabbiylari asosiy jang oldidan katta tanaffus qolib ketmasligi uchun bu jangni mashg‘ulotlar davomi deb hisoblardi. Jang Tayson Tonni Tabbsni mag‘lub etgan Yaponiyaning “Tokio Doum” saroyida bo‘lib o‘tgan.

Duglas bilan jang oldidan Tayson umuman mashq qilmagani va deyarli 14 kg ortiqcha vaznga ega bo‘lganligi haqida mish-mishlar tarqalgan va King agar Tayson jang uchun formaga qayta olsa, unga pul mukofotini va’da qilgan.

Foto: Sports

“Mashg‘ulotlardan voz kechdim deb ayta olmayman. Ammo janglar orasida men juda ko‘p zararli odatlardan o‘zimga cheklamadim. Men Duglasdan ertaroq zalga borardim — buni aniq eslayman. O‘sha paytda men yuzaki mashg‘ulot o‘tkazardim. Uning birorta jangini kuzatmaganman”, — degan edi Tayson.

Duglas faoliyatidagi asosiy jangga jiddiy yondashdi. Jangdan uch hafta oldin onasi vafot etgan, to‘rt hafta oldin turmush o‘rtog‘i tashlab ketgandi. Bu esa unga qo‘shimcha yuk bo‘lgan. Duglasga, hatto, yuzaga kelgan muammolar tufayli ringga chiqmaslik taklif qilingan, ammo u rozi bo‘lmagan: “Men onam uchun g‘alaba qozonishni xohlardim. Agar jangdan yuz o‘girsam bu qo‘rqoqlik bo‘lar edi”, — degandi Duglas.

Duglas Taysondan taktik jihatdan ustun bo‘lish uchun bor imkoyatini ish soldi. Bokschi Taysonning jismoniy holati abgorligidan foydalanishga urindi.

Taysonning jangdan keyingi statistikasi ham havas qilarli darajada emas edi. Duglas 123 marta Taysonga jeb zarbasini bergan. Ushbu ko‘rsatgich Taysonda 23 ta. Bundan tashqari kuchli zarbalarning 102 tasini afsonaviy Mayk “qabul” qilib olgan. Duglas Taysonni 10-raundda nokautga uchratadi.
Bu uning birinchi va dahshatli mag‘lubiyati edi.

2023-yilda Mayk ushbu mag‘lubiyatini faoliyatidagi eng yaxshisi deb atadi. “To‘g‘risi, bu mening yuzimga tortilgan tarasaki edi. Tasavvur qiling, men shu jangdan keyin ”bo‘ldi, men omadsizman” deb faoliyatimni tugatganimda nima bo‘lardi? Hamma shunday bo‘lishini kutdi. Lekin hayot ma’nosi, yiqilgandan keyin qayta oyoqqa turishdir”, — deydi Tayson.

2017-yilda Nevadaning mashhur indiya-rok afsonalari besh yillik tanaffusdan so‘ng yangi “Wonderful, Wonderful” qo‘shiqlari bilan katta sahnaga qaytishdi. Qo‘shiqda Tayson va Duglas jangi eslab o‘tilgan. Ushbu qo‘shiq hit darajasiga ko‘tarildi.

Ushbu qo‘shiqda guruh yetakchi qo‘shiqchisi Brandon Flauers Taysonning mag‘lubiyatini qanday “hazm” qilgani haqida gapiradi. 1990-yilda Flauers 8 yoshda edi, u yengilmas Taysonni yaxshi ko‘rardi va kumirining mag‘lubiyati uning uchun katta zarba bo‘ldi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »