Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Yangihayot tumanida joylashgan Tashkent Indexs avtomobil bozoridagi soyabonning qulab tushishi oqibatida qimmatbaho avtomobillarga zarar yetgani ko‘ringan videolar tarqaldi. “Daryo” muxbiri voqea tafsilotlarini o‘rganish maqsadida avtomobil bozoriga bordi. 

Jurnalist bilan suhbatda bo‘lgan mas’ul — Tashkent Indexs avtomobil bozorining reklama departamenti rahbari Sarvar Avazovning aytishicha, qulab tushgan yengil konstruksiyali soyabonlarning qurilganiga 6 oy bo‘lgan. 

Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”
16-fevral kuni ob-havoning keskin yomonlashuvi va qor yog‘ishi oqibatida bozor hududidagi soyabonlarning 50 metrlik qismi qulab tushdi. Shu paytda bu soyabonlar tagida 35 ta mashina bo‘lgan. Avtomobillarning 6 tasiga shikast yetgan. Ba’zi avtomobillarning bagaj yoki tom qismiga, ba’zilarining kapotiga zarar yetgan. Avtomobil egalari bilan gaplashib, yetkazilgan zararni 100 foiz qoplash bo‘yicha kelishib oldik, — deydi Sarvar Avazov. 
Sarvar Avazov
Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”

Mas’ulning bildirishicha, holat huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari tomonidan ham o‘rganilgan. 

Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”
Biz tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlaymiz. Qanaqadir muammo kelib chiqsa, birgalikda yechim qilamiz, — deydi u. 
Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”

Sarvar Avazovning ma’lumot berishicha, qulab tushgan soyabonlarning o‘rnatilganiga olti oydan oshgan. 

Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”
O‘tgan vaqt davomida qor va yomg‘ir yog‘gan bo‘lsa-da, bunday muammoga duch kelmagandik. Kelajakda yana shunaqa holat takrorlanmasligi uchun qo‘shimcha choralar o‘ylab topamiz. Bu takrorlanmaydi degan umiddamiz, — deydi bozor rahbariyati vakili. 
Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”

Suhbatdosh qulab tushgan soyabon ostida haqiqatdan ham qimmatbaho avtomobillar bo‘lganini tasdiqladi. Holat Telegram kanallarida ko‘rsatilganidek vahimali emasligini, muammo bartaraf qilinganini aytdi. 

Fuqarolarda noto‘g‘ri fikr uyg‘onmasligi uchun video tarqatuvchilar xolis axborot tarqatishlarini so‘rab qolardik. Ko‘rib turganingizdek, holat videolarda aytilganidek vahimali bo‘lgani yo‘q. Muammo bartaraf etildi, — deydi Sarvar Avazov. 
Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”

“Daryo” jurnalisti bilan kamera va mikrofonlarsiz gaplashgan tadbirkorlardan birining aytishicha, mazkur voqea sabab unga tegishli avtomobillarning 11 tasiga jiddiy zarar yetgan. 

Bu avtomobillarimizni shunchaki ta’mirlash bilan ish bitmaydi. Sababi menga tegishli 11 ta avtomobilning barchasi qimmatbaho. Eng arzoni 35 ming dollar turadi. Yangi mashinalarga bo‘yoq tegsa, bu uning aybi bo‘ladi. Bunday qimmatbaho avtomobil olishni istagan xaridor bizdan bu mashinalarni 2-3 ming dollar arzonga ham olishni istamaydi. Boisi, ularda pul ko‘p. Ular 2-3 ming qimmatiga bo‘lsa-da, zarar yetmagan mashina minishni istaydi, — deydi tadbirkor. 
Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”

Tadbirkorning bildirishicha, bozor rahbariyati zararni qoplash haqida rostdan ham va’da bergan. 

Zarar qoplanishidan umidvormiz. Kutib turibmiz. Shu sabab hozircha vahima qilmayapmiz, — deydi u. 
Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”

“Daryo” voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »