Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy Donetsk viloyatining Avdeyevka shahridan Ukraina qo‘shinlari olib chiqilishini ma’lum qildi.

Qurshovda qolmaslik, harbiy xizmatchilar hayoti va sog‘lig‘ini saqlash uchun bo‘linmalarimizni shahardan olib chiqib, mudofaaga yanada qulayroq yo‘nalishlarga o‘tishga qaror qildim, — deb yozadi Sirskiy.

Uning aytishicha, ukrainalik harbiylar “o‘z burchini munosib bajargan” va Rossiya armiyasi katta yo‘qotishlarga uchragan.

Foto: Google Images
Harbiy xizmatchilarning hayoti birinchi o‘rinda turadi. Biz baribir Avdeyevkani qaytaramiz, — deya qo‘shimcha qildi Sirskiy.

Avval 30 mingga yaqin aholi istiqomat qilgan, Donetskdan 15 kilometr uzoqlikda joylashgan Avdeyevka shahri uchun janglar bir necha oy davom etdi. Rossiya armiyasi bu shaharga 2023-yil oktyabr oyida faol hujum boshlagandi.

2024-yil 15-fevralda rus qo‘shinlari Avdeyevkaning asosiy kirish qismini egallab oldi. Keyinroq  The Washington Post Ukraina qo‘shinlarini shahardan qisman olib chiqishni boshlagani haqida xabar berdi. 16-fevral kuni Ukraina Qurolli kuchlarining “Tavriya” operativ-strategik guruhi qo‘mondoni Aleksandr Tarnavskiy ham Ukraina qo‘shinlari Avdeyevkadan chekinishini ma’lum qildi.

Aleksandr Sirskiy 8-fevral kuni Valeriy Zalujniy o‘rniga Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni etib tayinlangandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »