Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Katta yettilikka a’zo davlatlar Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini Ukrainaga yetkazilgan zararni to‘lamaguncha o‘z yurisdiksiyalarida ushlab turish niyatida. Bu haqda G7 davlatlarining tashqi ishlar vazirlari 17-fevral kuni Myunxen xavfsizlik konferensiyasida bergan ma’lumotlariga tayanib, Deutche Welle xabar berdi.

Foto: Kyodo news

Bayonotga ko‘ra, G7 a’zolari Ukrainaga Rossiya Federatsiyasidan o‘zlarining huquqiy tizimlari va xalqaro huquqlarga muvofiq tovon puli olishda yordam berishning barcha mumkin bo‘lgan usullarini o‘rganishda davom etadi. Yevropa Ittifoqi kengashi Ukrainaga Rossiyaning muzlatilgan aktivlari bilan yordam berishga ruxsat berdi. 12-fevral kuni Yevropa Ittifoqi Kengashi Rossiya Markaziy bankining muzlatilgan aktivlaridan olingan foydadan Ukraina foydalanishi uchun huquqiy asos yaratuvchi rezolyutsiyani tasdiqlagan edi. Hujjat Rossiya Markaziy bankining Yevropa Ittifoqi tomonidan qo‘llanilgan cheklash choralari oqibatida muzlatilgan aktivlar va rezervlarga ega qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi majburiyatlariga aniqlik kiritadi. 

Rossiya harbiylarining Ukrainaga bostirib kirishi ortidan Bryussel Moskvaga qarshi bir qancha sanksiyalar paketini joriy qilgan. Yevrokomissiya maʼlumotlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqidagi cheklovlar doirasida Rossiya Federatsiyasi Markaziy bankining 200 milliard yevrodan ortiq aktivlari bloklangan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »