Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev harbiy xizmatga bel bog‘lagan, biroq tanish-bilishchilik sabab armiyaga borolmayotgan yoshlar bilan muloqot qilishni boshladi. Avvalroq u harbiy xizmatga otlangan yoshlarning shifokorlar tamagirligi sabab muammoga duch kelayotganini aytib, bunga qarshi kurashishini bildirgandi.

Hokimlik axborot xizmati rahbari Behzod Qobulovning “Daryo”ga ma’lumot berishicha, viloyat hokimining mana shunday muloqoti 17-fevral kuni bo‘lib o‘tgan. 

Foto: Toshkent viloyati hokimligi
Bolangizning yo‘lini bog‘lamang, bir yillik xizmatga borib kelsin. Armiyadan boshqacha inson bo‘lib qaytadi. Mening taklifim o‘g‘lingizning sog‘lig‘i javob bersa, tibbiy ko‘rikdan o‘tsa, bir yillik xizmatga yuboring, — deydi ota-onalardan biriga murojaat qilgan viloyat hokimi. 
Foto: Toshkent viloyati hokimligi

Hokim qabulida bo‘lgan ona farzandini bir yillik xizmatga yuborish uchun shart-sharoiti to‘g‘ri kelmasligini ta’kidlab, shu sabab o‘g‘lini bir oylik xizmatga yubormoqchiligini, ayni kunda o‘g‘li otasiga yordam berib, ro‘zg‘orga pul topishda ko‘mak berayotganini aytadi. Viloyat hokimidan Safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmat qilmoqchi bo‘layotgan o‘g‘lining shartnoma pulini to‘lashda yordam so‘raydi. 

Foto: Toshkent viloyati hokimligi
Tibbiy ko‘rikdan o‘tsa, shartnoma pulini to‘lab berishda muammo yo‘q. Bir oylik xizmatni o‘tab qaytadi. Lekin bir yillik xizmatda bo‘lib qaytsa, bir yildan so‘ng siz o‘g‘lingizni uyda olib qolib, ko‘rmoqchi bo‘lgan foydangizdan o‘n karra ko‘p foyda beradi. Siz o‘g‘lingizning yo‘lini bog‘layapsiz. Chiqarish kerak, yo‘l bering bolaga. Ilgari kelin qilaman deyishsa, kuyov armiyaga borganmi deb so‘rashardi. Yo‘q deyishsa, qiyin bo‘lardi, — deydi Zoir Mirzayev. 

Hokimlik axborot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, muloqotda viloyat hokimi, harbiy prokuratura va mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirok etgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »