Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekisonda 2024-yil boshida 61 ta hududda maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrov ko‘rsatkichi pasaygan. Bu haqda Maktabgacha ta’lim agentligi axborot xizmati rahbari Mavluda Asqarxo‘jayeva ma’lum qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Uning bildirishicha, 2023-yil davomida mazkur hududlarda yangi maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etilib, respublika bo‘yicha 74 foizga qamrov ko‘rsatkichi ortganiga qaramasdan, 6-7 yoshli bolalar maktabga chiqib ketgandan so‘ng ularning o‘rnini to‘ldirish, yaratilgan yangi quvvatlarga bolalarni qabul qilish, mavjud bo‘sh o‘rinlardan samarali foydalanishda quyi tizimda maqsadli ishlar amalga oshirilmagan.

Bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olish

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasining 9 ta tumanida 4 213 nafarga;
  • Andijon viloyatining 4 ta tumanida 2 761 nafarga;
  • Jizzax viloyatining 7 ta tumanida 1478 nafarga;
  • Navoiy viloyatining 1 ta tumanida 42 nafarga;
  • Samarqand viloyatining 1 ta Kattaqo‘rg‘on tumanida 2,6 foizga;
  • Sirdaryo viloyatining 1 ta Yangiyer shahrida 2,4 foizga;
  • Toshkent viloyatining 1 ta Chinoz tumanida 0,3 foizga;
  • Farg‘ona viloyatining 11 ta tumanida 10 427 nafarga;
  • Xorazm viloyatining 4 ta tumanida 1269 nafarga;
  • Toshkent shaharning 3 ta tumanida 521 nafarga pasaygan.

Shuningdek, ko‘rsatkichlarning pasayib ketish sabablari o‘rganilganda, hududiy boshqarmalar va ularning tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan Maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimi (bbit.uz)ga soxta ma’lumotlar kiritilib, bolalar sonini sun’iy ravishda oshirish holatlari kuzatilgan

Xususan, Farg‘ona viloyatida tizimga kiritilgan ma’lumotlar tahlil qilinganda, Buvayda, O‘zbekiston, Farg‘ona tumanlari, Marg‘ilon, Farg‘ona, Quvasoy shaharlaridagi 24 ta nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 90 nafardan 890 nafargacha bolalar belgilangan talablarga zid ravishda tashkilot sig‘imi kam bo‘lsa-da, quvvatdan ortiq qabul qilingan.

Jumladan, Buvayda tumanidagi 480 o‘rinli “Sultonboyazid ilk qadamlari” xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotida 890 nafar, 500 o‘rinli “Gulibonu” xususiy tashkilotida 860 nafar, 510 o‘rinli “Turdiyeva Mumtoza Botirovna” xususiy tashkilotida 870 nafar bolalar ro‘yxati kiritilib, tuman (shahar) va viloyat qamrov ko‘rsatkichlari sun’iy ravishda orttirilgan.

2023-yilning so‘ngida O‘zbekiston tumanida 2 ta guruh (60 o‘rin)ga mo‘ljallangan “Ladushki-sladushki” xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotiga berilgan litsenziya hamda 3 ta guruh (90 o‘rin)ga mo‘ljallangan “Gulzodaxon” nomli xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotlariga berilgan litsenziya, my.gov.uz tizimida “faoliyati tugatilgan” maqomda turganiga qaramasdan quvvati sun’iy ravishda 300 taga oshirilgan va bolalar bilan to‘ldirilgan.

“Shu bilan birga, ushbu holatlarni zudlik bilan bartaraf etish maqsadida mas’uliyasizlikka yo‘l qo‘ygan rahbarlarga choralar ko‘rildi, quyi tizimdagi mavjud muammolar yaqindan o‘rganildi, joyida hal etish uchun ota-onalarga maktabgacha ta’limning afzalliklari tushuntirildi va natijada qamrov darajasi pasaygan hududlar 61 tadan 42 taga kamaytirildi”, — deydi Mavluda Asqarxo‘jayeva.

Hozirda yuqorida qayd etilgan tuman va shaharlarda hokimlar mas’ulligida o‘rganishlar olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »